Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Van Damm qatnashadigan tadbir chiptalari sotuvga chiqdi


Kecha kechki payt ijtimoiy tarmoqlarda, so‘ngra ularga tayangan holda maxalliy OAV orqali taniqli kinoaktrisa, dublyaj san’atining yirik vakili, O‘zbekiston xalq artisti Oybarchin Bakirovaning og‘ir xasta ekanligi va moddiy qiyinchilikka uchragani haqidagi xabarlar tarqaldi.

Ushbu ma’lumotga aniqlik kiritish maqsadida shaxsan uning o‘zi bilan bog‘lanishga qaror qildik.

Suhbatimizdan ma’lum bo‘ldiki, ayni vaqtda Oybarchin Bakirova haqiqatan ham qizi bilan AQShda bo‘lib turibdi. Lekin uning yurak xurujini boshdan kechirgani va moddiy qiyinchilikka duch kelib, AQShda qarovsiz qolgani bilan bog‘liq gap-so‘zlar asossiz tarqatilgan.

Biz bilan suhbatda, uning qizi kim va nima maqsadda bunday yolg‘on xabar tarqatganidan xayronligini va bundan ranjiganini bildirdi.

Shuningdek, uning shogirdlaridan biri, taniqli suhandon, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Dildora Rustamova ham ushbu yolg‘on xabar tarqalgach, darhol ustoziga qo‘ng‘iroq qilgan va internetdagi xabarlar hech qanday asosga ega emasligiga ishonch hosil qilgan.

Taniqli dublyaj rejissyori Bahodir Qosimovning aytishicha, Oybarchin Bakirova yaqin kunlarda Toshkentga qaytishni va yangi film dublyajiga kirishishni rejalashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, Oybarchin Bakirova yaqinda 67 yoshni qarshilagan. U 1950 yil 27 iyunda Andijon shahrida tug‘ilgan. 1971 yilda Toshkent teatr va rassomchilik instituti, hozirgi O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutini tamomlagan. “Armon” filmidagi Boyxotin roli uchun O‘zbekiston kinematograflar uyushmasining maxsus sovriniga sazovor bo‘lgan.

Aktrisa shuningdek, “Nigoh”, “Tangalik bolalar”, “Temir erkak”, “O‘yin”, “Haqiqat kuni”, “Farzandim” kabi ko‘plab kartinalarda turli obrazlarni yaratgan. Bundan tashqari u o‘nlab filmlarga bergan ovozi bilan millionlab insonlarning qalbidan chuqur joy egallagan.

Durdona Rasulova



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2710 | Рейтинг: 0| Рейтинг: sotuvga chiqdi, tadbir, Van Damm, qatnashadigan, chiptalar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:06
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное