Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Vazifa va vakolatlar o‘z-o‘zidan o‘tib qolmaydi, balki yuklatiladi

Joriy yilning 8 sentyabrida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vazifa va vakolatlarini bajarishni vaqtincha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga yuklash to‘g‘risidagi o‘ta muhim qarorni qabul qildi. 
      
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi devoni yuridik bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari B.Rajabov mazkur qaror yuzasidan o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
— Bugungi kunda bahsli mavzu bo‘lib turgan Konstitutsiyamiznig 96-moddasiga e’tibor beraylik. Unda, “O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Prezidenti o‘z vazifalarini bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining zimmasiga yuklatiladi” deyilgan. E’tibor bering, vazifa va vakolatlar o‘z-o‘zidan avtomatik tarzda o‘tib qolmaydi, balki aynan yuklatiladi. 
Kim tomonidan yuklatilishi ham Konstitutsiyamizning 10-modasida aniq-tiniq yozib qo‘yilgan: O‘zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan Respublika Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishi mumkin.
Jamiyatning biron-bir qismi, siyosiy partiya, jamoat birlashmasi, ijtimoiy harakat yoki alohida shaxs O‘zbekiston xalqi nomidan ish olib borishga haqli emas.
Bundan kelib chiqadiki, Oliy Majlisdan boshqa hech qaysi organ xalq nomidan ish ko‘rishi va tegishli vakolatlarni kimningdir zimmasiga yuklashga haqli emas. Qolaversa, Konstitutsiyamizning va boshqa qonunlarimizning ko‘pgina moddalari mazkur qarorning qonuniyligini kafolatlaydi.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2582 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Vazifa va vakolatlar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:59
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное