Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Virus” to‘rt kunlik namoyishdan so‘ng eng kassabop o‘zbek filmlari haftalik reytingida ikkinchi bo‘ldi




Rejissor Akbar Bekturdiyev tomonidan suratga olingan va premyerasi 1-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan “Virus” filmi dastlabki to‘rt kunlik namoyishdan so‘ng eng kassabop o‘zbek filmlari reytingida ikkinchi bo‘ldi.
Jurnalist Feruz Muhammadning Alisher Navoiy nomidagi kinosaroy ma’lumotlariga asoslanib ma’lum qilishicha, haftalik reytingda hamon rejissor Bahrom Yoqubovning “Boyvachcha kuyov” kinokomediyasi yetakchi — bu film ketma-ket yettinchi hafta eng ko‘p tomoshabin to‘plagan milliy film bo‘ldi.
28-noyabr — 4-dekabr oralig‘idagi kinoreytingda “Boyvachcha kuyov” va “Virus”dan keyingi o‘rinlarni Azamat Ahrorovning “Notanish qotil”, Sherzod Binning “Qaysar oshiqlar”, Naufal Sulaymonovning “Aldagani quda yaxshi” filmlari band etgan.
 
Ma’lumot uchun, hozirda Alisher Navoiy nomli kinosaroyda “Notanish qotil”, “Qaysar oshiqlar”, “Aldagani quda yaxshi”, “Kutilmaganda buzilgan to‘y”, “Boyvachcha kuyov”, “Ishq”, “Boy bo‘lma, saxiy bo‘l”, “Virus” kabi filmlar namoyishi davom etmoqda.
 
Filmlar namoyishlari jadvali bilan “Daryo.Afisha”da tanishish mumkin.
 
28-noyabr — 4-dekabr oralig‘ida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmlari
 
1-o‘rin. “Boyvachcha kuyov” (komediya)
Rejissor — Bahrom Yoqubov
 
2-o‘rin. “Virus”
Rejissor— Akbar Bekturdiyev
 
3-o‘rin “Notanish qotil” (jangari)
Rejissor — Azamat Ahrorov
 
4-o‘rin. “Qaysar oshiqlar” (komediya)
Rejissor — Sherzod Bin
 
5-o‘rin. “Aldagani quda yaxshi” (komediya)
Rejissor — Naufal Sulaymonov


Manba:daryo.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 3227 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Akbar Bekturdiyev, Virus
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
ziyodulla16 Yangi kino qachon yuklanadi. Admin javob yozing...
админtez kunda...
Like | 0
ziyodulla16 Yangi kino qachon yuklanadi. Admin javob yozing...
Like | 0
NuR_KR Botib korardimu iloji yode
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:14
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное