Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Voyaga yetmagan qiz bilan dala shiyponidagi uchrashuv yigitga “qimmatga tushdi”

Namanganda dala shiyponida voyaga yetmagan qiz bilan uchrashib o‘tirgan 21 yoshli yigit boshqa shaxs tomonidan "samosud" qilindi. Bu haqda Viloyat IIB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu holat joriy yilning 21 aprel kuni Namangan viloyati Chust tumani "Sarimsoqtepa" MFY hududida yuz bergan.

Aniqlanishicha, 2002 yilda tug‘ilgan fuqaro o‘zining Damas avtomobilida tanishi bo‘lgan 2007 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan qiz bilan "Sarimsoqtepa" MFY hududidagi dala maydonida gaplashib o‘tirgan. Shu vaqtda Chust tumani "Guliston" MFYda yashovchi 2006 yilda tug‘ilgan fuqaro Spark avtomobilida ushbu joyga bir necha tanishlari bilan kelgan.

Oqibatda 21 yoshli fuqarodan nega bu yerda begona qiz bilan o‘tirganligining sababini so‘rab, u bilan janjallashgan. Qo‘l va oyoqlari bilan uni do‘pposlab, Damas'ning orqa o‘ng yoritish chiroqlari va o‘ng yon tomonidagi orqani ko‘rish oynasini urib, sindirgan. Atrofdagi tanishlari esa mazkur holatni videoga olib, Instagram'ga joylagan.

Sud-tibbiy ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, 2002 yilda tug‘ilgan fuqaroning chap tirsak sohasi yuz yarasi va chap yonbosh sohasining qon talash ko‘rinishida bo‘lib, sog‘lig‘ining buzilishiga sababchi bo‘lmagan yengil tan jarohatlari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Chust tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan JKning 277-moddasi 2-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2862 | Рейтинг: 0| Рейтинг:
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:37
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное