Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Muxabbat va Extiros - soundtreck (Offical)
. Kuz ertagi-Piano [soundtreck]
. Ishq Jodusi - Enticing Trick
. IRIS-soundtreck [New 2012]
. Kara Para Ask - Soundtreck
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - In Front Of Your
. Qaxvaxona - soundtreck
. Zoirbek - Katta Odam (SOUNDTRACK)
. Kuz ertagi-soundtreck
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. Qirolicha - Soundtreck (slow version)
. Sevgi Iztirobi - Anlatamam
. Saroy Javohiri-Soundtreck6
. Shamollar Mamlakati - soundtreck 2 (korea)
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

WP AQSh senatorlarining Putinga qarshi sanksiyalar qo‘llashni taklif etish rejasidan xabar topdi

AQSh Senatidagi demokratlar vaziyatga gipotetik jihatdan yondashib, Rossiya Ukrainaga hujum qiladigan bo‘lsa, u holda Moskvaga qarshi yangi sanksiyalar paketini tayyorlab qo‘ydi. Bu haqda The Washington Post qonun loyihasiga asoslanib xabar berdi.

Gazetaning axborotiga ko‘ra, cheklovlar Rossiya harbiylari, asosiy bank muassasalari, shuningdek, hukumat amaldorlari hamda mamlakat prezidenti Vladimir Putinga nisbatan joriy qilinadi, deyiladi maqolada.

Bundan tashqari, Rossiya Ukrainaga hujum qiladigan bo‘lsa, xavfsiz axborot almashinuvi tizimlarini taklif qiluvchi, SWIFT analoglari bo‘lgan Rossiya kompaniyalariga ham sanksiyalar qo‘llaniladi.

8-yanvarda The New York Times Vashingtonning AQShda ishlab chiqarilgan har qanday elektronika mahsulotini Rossiyaga eksport qilishiga taqiq qo‘yishi mumkinligini xabar qilgandi. Nashrning yozishicha, mazkur cheklov chip yoki mikrochip joylashtiriladigan har qanday turdagi mahsulotga, muzlatkich, kir yuvish mashinasi, mobil telefon hamda noutbuklarga nisbatan ham qo‘llanilishi mumkin.

Shuningdek, 2021-yil dekabr oyida CNN va Bloomberg AQSh Rossiyaga qarshi “tajovuzkor” iqtisodiy sanksiyalar paketi bo‘yicha muzokaralar olib borayotgani, potensial sanksiyalar paketi Rossiya prezidenti Vladimir Putinning atrofidagilar, rossiyalik oligarxlar, banklar va energetika kompaniyalariga qarshi choralarni o‘z ichiga olgani haqida xabar bergan.

 



Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 964 | Рейтинг: 0| Рейтинг: WP, sanksiyalar, Putinga, etish, AQSH, senatorlarining, qarshi, taklif, rejasidan, topdi, qo‘llashni, Xabar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:56
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное