Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

Ўзбекистонда Chevrolet Orlando ишлаб чиқарилиши бошланди


2014-yil boshida GM Uzbekistan YoAJ Chevrolet markasi ostida yangi avtomobil — Chevrolet Orlando ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda "O‘zavtosanoat” AK rasmiy nashri hisoblangan "Avtoolam” jurnali xabar berdi.

Chevrolet Orlando General Motors kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan Chevrolet Cruze platformasidagi besh eshikli va yetti o‘rindiqli oilaviy kompaktvendir. Ushbu avtomobil birinchi marotaba 2008-yilda Parijdagi avtosalonda konsept-kar ko‘rinishida namoyish etilgan, 2010-yildan boshlab seriyali ishlab chiqarila boshlangan. Chevrolet Orlando GM’ning Koreya, Vyetnam va Rossiyadagi bo‘limlarida yig‘iladi. Avtomobilning Rossiyadagi narxi 23 800 AQSh dollaridan boshlanadi.

Yevropa bozorida Chevrolet Orlando komplektatsiyasining uch xil ko‘rinishi taklif etiladi. Bular "Base”, "LS” va "LT”dir. "Bizda ularning barchasi ishlab chiqariladimi, yo‘qmi, hozircha noma’lum”, — deb yozadi "Avtoolam”.

Biroq shu narsa aniqki, O‘zbekistonda chiqariladigan model haydovchi va old yo‘lovchi uchun xavfsizlik yostiqlari bilan jihozlangan bo‘ladi. Rul ustunini bo‘yiga va eniga moslashtirish, oldingi o‘rindiqlarni to‘rt yo‘nalish bo‘yicha siljitish mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, avtomobilda yomg‘ir datchigi, iqlim va kruiz nazorati kabi qo‘shimcha imkoniyatlar mavjud bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, Turkmaniston prezidenti 26-noyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov bilan birga Toshkent shahridagi GM Powertrain Uzbekistan zavodiga tashrif buyurgan edi. Gurbanguli Berdimuhamedovda GM Uzbekistan qo‘shma korxonasi tomonidan yangi o‘zlashtirilgan Chevrolet Orlando oilaviy miniveni katta taassurot qoldirgan, 2014-yilning birinchi choragidan mazkur minivenni keng ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi ta’kidlangan edi.

Biroq keyinroq GM Uzbekistan’ning ishonch telefoni operatori O‘zbekistonda Chevrolet Orlando avtomobili ishlab chiqarilishini tasdiqlamadi.

Bundan tashqari, O‘zbekistonda Chevrolet Impala avtomobilining ham tez orada paydo bo‘lishi haqida gap-so‘zlar tarqalgan. Ammo GM Uzbekistan tomonidan ushbu sedanning ishlab chiqarilishi haqidagi xabar hozircha rasman tasdiqlanmadi.

 Manba:daryo.uz



Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 6057 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Chevrolet Orlando
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:53
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное