Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qaqnus - Mal De music
. Vorislar - Loves Moment (serial korea)
. Sevgi Iztirobi - Nihan Muzurluk Peinde
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
. Yoz Ifori - Soundtreck2
. Bola Uyda yolg'iz-[Один Дома] soundtreck2
. Qirol va Kanizak - Soundtreck
. Merlin-Soundtreck
. Qirolicha - Soundtreck (slow version)
. Qirolicha - Soundtreck (Bidam Love)
. Yoz Ifori-Soundtreck
. Ko'sem - Soundtreck (Turk serial)
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
. Ishq Ertagi - Title sound
. Ishq Jodusi - Xing Xing wake Up
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Xalq artistlari ham, xizmat ko‘rsatgan artistlar ham yo‘q. Munosiblar yo‘q



Har yili Mustaqillik bayrami arafasida O‘zbekiston Prezidenti tomonidan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at, ma’naviyat va ma’rifat, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi farmonning imzolanishi yaxshi bir an’anaga aylangan.

Turli yillarda imzolangan bu farmonlarning bir-biridan asosiy farqi — sarlavhasida mustaqillikning qaysi yili ekani aytilishi-yu, farmon matnida mukofotlanganlarning ism-familiyalari o‘zgarib turishidir. Hatto faxriy unvonlar va orden-medallarning egalari nima uchun mukofotlangani haqidagi kichik izohlar ham qariyb o‘zgarmaydi.

Lekin 2017-yilgi farmonda avvalgilariga nisbatan sezilarli bir farq bor — mamlakatdagi birorta aktyor-aktrisa davlat mukofotlariga loyiq ko‘rilmagan. Na teatr, na kino vakillari. Nafaqat “xalq artisti”, “xizmat ko‘rsatgan artist” kabi faxriy unvonlarga, balki orden-medallarga ham. “Mukofotga loyiq ko‘rilmaganlar” qatorida xonandalar ham bor — taqdirlanganlar ro‘yxatida sozandalarni uchratish mumkin, lekin xonandalar yo‘q.

Yana ham tushunarliroq bo‘lishi uchun alohida qayd etish lozim — bu yilgi mukofotlanganlar ro‘yxatida “O‘zbekiston xalq artisti” va “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” faxriy unvoni bilan taqdirlanganlarni uchratmaysiz. Masalan, 2013-yildan beri har yili kamida uch kishi Prezident tomonidan xalq artisti unvoni bilan mukofotlanib kelayotgan edi.

Xususan, 2013-yili (jami 3 kishi shu mukofot bilan taqdirlangan) xonanda Gulsanam Mamazoitova, 2014-yili (3 kishi) diktor Abdumo‘min O‘tbosarov, 2015-yili (3 kishi) Muqimiy nomidagi o‘zbek davlat musiqiy teatri aktyori Mirza Azizov, 2016-yili (3 kishi) esa O‘zbek milliy akademik drama teatri aktrisasi Gavhar Zokirova O‘zbekiston xalq artisti faxriy unvoni bilan taqdirlangan edi.

Yoki bo‘lmasa — 2013-yildan beri har yili kamida yetti san’atkor “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” unvoni bilan taqdirlanayotgan edi. Masalan, 2013-yili (jami 8 kishi shu mukofot bilan taqdirlangan) xonanda Abdurashid Yo‘ldoshev, 2014-yili (11 kishi) opera xonandasi Jenisbek Piyazov, 2015-yili (7 kishi) aktrisa Zulhumor Mo‘minova, 2016-yili (12 kishi) esa xonanda Ulug‘bek Rahmatullayev.

Tegishli mukofotlar bilan hech kimning taqdirlanmagani — unga munosiblar yo‘q, deb topilganidan darak. Ayni shu vaqtda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 3-avgust kuni mamlakat ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvda “xalq artistlari”, “xizmat ko‘rsatgan artistlar” masalasida bildirgan tanqidiy fikrlarini yodga olish o‘rinli.

Prezident ushbu uchrashuvda nomdor san’atkorlar, hatto “O‘zbekiston xalq artisti” unvoniga sazovor bo‘lgan aktyorlar ham filmlarda bachkana rollarni ijro etayotganini tanqid qilgan, “O‘zbekiston xalq artisti”, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” kabi mukofotlar bilan taqdirlash masalasini qayta ko‘rib chiqish vaqti kelganini ta’kidlagan edi.

"Ko‘pchiligimiz yaxshi bilamiz, ilgari “Xalq artisti” degan unvon olish uchun san’atkor necha o‘n yillar samarali ijod qilishi talab etilardi. Masalan, mashhur hofiz Tavakkal Qodirov “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” unvonini olganidan keyin – shunga e’tibor bering – oradan 25 yil o‘tib, “O‘zbekiston xalq artisti” unvoni bilan taqdirlangan edi. Yaqin o‘tmishdan bunday misollarni yana ko‘plab keltirish mumkin.
Shu ma’noda, unvon berishda san’atkorning faqat to‘rtta qo‘shig‘i emas, uning ijtimoiy faolligi, munosib shogirdlar tarbiyalagani, el-yurt o‘rtasidagi obro‘-e’tibori, eng muhimi, san’atga sadoqati ustuvor mezon sifatida belgilanishi shart. Boshqacha aytganda, biz bu yuksak unvonlarning nufuzi va obro‘sini saqlashimiz lozim."

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Prezident mazkur uchrashuv davomida xalq artistlari va xizmat ko‘rsatgan artistlarning mas’uliyatini yanada oshirish kerakligini haqida gapirgan edi. Xususan, Shavkat Mirziyoyev xalq artistlarini “respublikadagi musiqa va san’at maktablariga, ijodiy markazlarga” rahbar etib tayinlashni, sohadagi kamchilik va muammolarni yechish uchun Xalq artistlari klubini tashkil etishni taklif qilgan edi.

"Mana, davramizda G‘ulomjon Yoqubov, Farrux Zokirov, Ortiq Otajonov, Yulduz Usmonova, Mahmud Namozov, Zulayho Boyxonova, Ozodbek Nazarbekov, G‘afur va G‘ulom Eshjonovlar, Gulsanam Mamazoitova kabi xalq artistlari o‘tiribdi. Sizlarning har biringiz bittadan san’at kolleji yoki musiqa maktabiga borib rahbarlik qilsangiz, men o‘ylaymanki, bundan san’atimiz faqat yutgan bo‘lar edi. Ayni vaqtda yuzlab shogirdlar yetishtirib, o‘zingizga haykal qo‘ygan bo‘lardingiz."

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

O‘rni kelganda qayd etish joiz — bu yilgi mukofotlar orasida “O‘zbekiston xalq yozuvchisi” va “O‘zbekiston xalq shoiri” kabilar ham yo‘q. Misol uchun, 2013—2015-yillarda ham xalq yozuvchilari-yu shoirlari chiqmagan. Faqat 2016-yili Erkin A’zam xalq yozuvchisi, Enaxon Siddiqova esa xalq shoiri sifatida mukofotlangan edi. Lekin bir yilda aqalli birorta xizmat ko‘rsatgan artistning chiqmasligi — so‘nggi yillarda qiyosi yo‘q holat.

Bu yil “O‘zbekiston xalq artisti”, “O‘zbekiston xalq yozuvchisi”, “O‘zbekiston xalq shoiri”, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” unvonlari bilan hech kimning taqdirlanmagani bo‘yicha Prezident bitta farmon bilan oddiy javob bermoqda — munosiblar yo‘q.



Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 4878 | Рейтинг: 0| Рейтинг: xizmat ko'rsatgan artist, prezident farmoni, O'zbekiston xalq artisti
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:17
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное