Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Saroy Javohiri-Soundtreck3
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
. Efir Sirlari - Soundtrack 5
. Ko'sem - Soundtreck (Turk serial)
. Saroy Javohiri-Soundtreck7
. Ko'ngil bog'i-soundtreck
. Ko'sem - Beautiful (Turk serial)
. Qor Alangasi - Soundtreck [Dream]
. Tabib-Sara hi kiyo (soundtreck koreya)
. Muhabbat tafti - Rabba Ve
. Saroy Javohiri-Soundtreck5
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. Saroy Javohiri-Soundtreck2
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Jumong-soundtreck
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Xalq banki yangi kredit liniyalarini ochadi


Qo‘shilgan qiymat zanjirini rivojlantirish loyihasi doirasidagi loyiha faqat Qashqadaryo va Jizzax viloyatlarida amalga oshiriladi. Bu haqda Xalq banki axborot xizmati xabar berdi.

Ajratiladigan kredit liniyasi 10 000dan 250 000 AQSh dollarigacha

Loyiha bo‘yicha beriladigan imtiyozli davr: 1 yilgacha.

Mazkur kredit liniyasi hisobidan ajratiladigan kreditning maksimal muddati: 5 yilgacha.

Kredit o‘zlashtirilmagan qismi uchun komissiya: yillik 2,65% miqdorida.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarida loyihani moliyalashtirishdagi ulushi: loyiha qiymatidan 25% dan kam bo‘lmagan miqdorda.

Kredit hisobidan xarid qilinadigan asbob-uskunalarning kelib chiqish mamlakati cheklanmagan.

Kredit liniyasi quyidagi holatlarda ajratiladi:

Dehqon xo‘jaliklari uchun – zotli qoramollar va uskunalar (ixcham sut sog‘ish apparati, don tegirmoni, yem tayyorlash uskunalari) sotib olish (ajratiladigan kredit liniyasi 10000 AQSh dollargacha);

Fermer xo‘jaliklari uchun – yem-xashak yig‘ish texnikalarini sotib olish (kombayn va boshqa turdagi yem-xashakni yig‘im-terimiga hamda uni qayta ishlashga mo‘ljallangan texnikalar), sut va sut mahsulotlarini tashish maxsus texnikalari, sovitish sig‘imlari, sog‘ish uskunalari, zotli chorva mollari va hokazolarni sotib olish (ajratiladigan kredit liniyasi 100000 AQSh dollargacha);

Xizmat ko‘rsatuvchi va yetkazib beruvchi xususiy tashkilotlar uchun – zootexnik va veterinariya xizmatlarini tashkil etish yoki modernizatsiyalash hamda yem-xashak yetishtirish va ishlab chiqarishning boshqa vositalarini sotib olish; (ajratiladigan kredit liniyasi 10000dan 100 000 AQSh dollarigacha);

Sut mahsulotlarini qayta ishlovchi tashkilotlar uchun – texnologik uskunalarni sotib olish va modernizatsiyalash, sut mahsulotlarini qadoqlash liniyalari, sovutish kameralari, sut va sut mahsulotlarini tashish texnikalarini sotib olishga, aylanma mablag‘ni to‘ldirishga (ajratiladigan kredit liniyasi 250 000 AQSh dollarigacha).

Xalq bankining xorijiy hamkorlari soni ko‘paymoqda

Ayni paytda Xalq banki «Savdoni moliyalashtirish» uchun Polshaning «Gospodarstwa Krajowego banki»dan 20 million yevro miqdorida kredit limiti oldi.

Shuningdek, O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma banki «Aziya-Invest Bank» aksiyadorlik tijorat bankidan «Savdoni moliyalashtirish» yo‘nalishida 4 mln. AQSh dollari miqdorida kredit limiti olindi.

Ushbu kredit summalari Xalq banki tomonidan O‘zbekistonda savdo hajmini kengaytirish hamda moliyalashtirish, tadbirkorlarga ko‘proq qulayliklar yaratish bo‘yicha maqsadli yo‘naltiriladi.

Reklama huquqi asosida



Manba:xabar.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3198 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ochadi, liniyalar, Xalq banki, yangi kredit
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:12
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное