Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Xalq ta’limi vaziri Andijondagi uzr so‘rashga majburlangan o‘qituvchilar bilan uchrashdi

Andijon viloyati Marhamat tumanidagi maktablardan birida o‘qituvchilar o‘quv muassasasida ta’lim sifati, o‘quvchilarning oliygohlarga kirish ko‘rsatkichi pastligi, o‘zlashtirishi qoniqarsiz ekani tufayli ota-onalar oldida tik turib, uzr so‘ragani xabar qilingandi. Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov tumandagi uzr so‘rashga majburlangan o‘qituvchilar bilan uchrashdi.

Qayd etilishicha, vazir o‘qituvchilar bilan suhbatlashib, ularning obro‘si va qadr-qimmati davlat siyosati darajasidagi muhim masala ekani va ularni obro‘sizlantirishga hech kim haqli emasligini aytgan hamda yuz bergan holatni ustoz sha’nini yerga urish deb baholagan.

“Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchilarni ulug‘lash masalasini davlat siyosatining eng yuqori darajasiga olib chiqib, o‘qituvchi jamiyatimizning eng hurmatli insoni bo‘lishi ekanini doimiy ravishda ta’kidlab kelmoqda. Shunday ekan o‘qituvchini xafa qilishga hech kimning haqqi yo‘q. O‘qituvchi qadrlanmagan yurtning ertasi bo‘lmaydi. Shunday ekan, bugun har birimiz, hattoki o‘qituvchilarning o‘zi ham sha’ni va obro‘sini oshirish uchun harakat qilishi zarur”, — degan Baxtiyor Saidov o‘qituvchilar bilan uchrashuvda.

Uchrashuv so‘ngida vazir o‘qituvchilarning fikrlarini tinglagan. Ular bilan maslahatlashgan holda mazkur holatga yo‘l qo‘ygan mutasaddilarga chora ko‘rilishi qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, 8-fevral kuni Andijon viloyati Marhamat tumanida o‘qituvchilar maktablarda o‘quvchilarning o‘zlashtirishi qoniqarsiz ekani tufayli ota-onalardan uzr so‘ragani aytilgan xabar e’lon qilindi. Holat keng jamoatchilik vakillari orasida muhokamaga sabab bo‘ldi. Xususan, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov “Shuhrat Abdurahmonovning shaxsan o‘zi barcha ustozlardan uzr so‘rashi kerak”ligini yozdi.

Xalq ta’limi vaziri ham holatga munosabat bildirib, o‘qituvchilarning sha’nini yerga urishni davlat siyosatiga qarshi harakat deb baholashini bildirgan.

“O‘qituvchi qadrlanmagan yurt hech qachon taraqqiy etmaydi. Bu harakat qanday maqsadda amalga oshirilgani menga qorong‘i, lekin aybdorlar albatta javob berishi kerak. Shu o‘rinda men o‘qituvchilardan o‘z qadr-qimmatlarini yerga urishga yo‘l qo‘ymasliklarini so‘rab qolaman. Sizning bu darajada boshingizni yerga qaratishga hech kimning haqqi yo‘q!”, — degan vazir.

O‘qituvchilar uzr so‘rashi ortidan tuman hokimligi bayonot bilan chiqdi. Unda aytilishicha, “o‘tkazilgan ushbu tadbir ijtimoiy tarmoqlarda boshqacha holatda talqin qilinmoqda. Tadbirda ota-onalar farzandlarning buyuk kelajagi uchun o’qituvchilar bilan birgalikda harakat qilishga chaqirilgan”.

Keyinroq Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov ham ushbu holatga munosabat bildirib, “xatoga yo‘l qo‘ygan har qanday rahbarga qonunda belgilangan jazo choralarini ko‘rilishini ta’minlanishini”ni ta’kidladi. Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i va Marhamat tumani hokimi o‘qituvchilardan uzr so‘radi.

XTVning ma’lum qilishicha, holat yuzasidan o‘rganish natijalariga qonuniy baho berish uchun hujjatlar Bosh prokuraturaga yuborilgan.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 993 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ta’limi, vaziri, Andijon, xalq
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:33
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное