Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Yoz ifori-Piano [soundtreck]
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck
. Kuz ertagi-Piano [soundtreck]
. Pazanda - Im Loving You
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck
. Mohim - Oq Ro'molim (OST Meni Kechir)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - music soundtreck
. Efir Sirlari - Soundtrack 2
. Ishdagi Ishq - Моей душе покоя нет
. Iyun Oqshomi - Yeri Nasalama (soundtreck)
. Osiyo-Asi [+ soundreck]
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. Efir Sirlari - Soundtrack 5
. Qirol va Kanizak - Soundtreck
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

“Xato yoxud Firibgar oshiq”

Mahoratli kinorejissyor Burxon Sharopov navbatdagi filmi ustida ish olib borayotgani haqida saytimiz orqali ma’lum qilgan edik. “Xato yoxud Firibgar oshiq” nomli bu kartinaning ssenariy muallifi Burhon Sharopov hamda Nargiza Zokirova. Bosh tasvirchi Orif Raximboyev.  Kartina drama janrida bo‘lib, hozirgi kunda yoshlar o‘rtasida dolzarb bo‘lib borayotgan mavzular, muammolar ko‘tarilgan. Ularning tarbiyasi, oiladagi, jamiyatdagi o‘rni, ota-onalari bilan munosabati ko‘rsatilgan. Shuningdek, bugungi kunda barchamizning hayotimizga kirib kelgan va bir bo‘lagimizga aylanib ulgurgan ijtimoiy tarmoqlarning foydali va zararli tomonlarini yoritib o‘tishga harakat qilingan.  Qolaversa Rejissyor o‘z an’analariga sodiq qolgan holda yangi chehralarni ham kashf etadi. Tan olish kerakki, yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning mahorat va qirralarini xalqqa ko‘rsatib, aktyor va aktrisa sifatida kashf etishni faqatgina o‘ziga ishongan rejissyorlargina bajara oladi.

Uzoq vaqt davomida yaratilgan film haqida rejissyor Burhon Sharopovning o‘zi quyidagicha fikr bildirdi. -Yoshlar doimo katta avlod tajribasidan foydalanishga ehtiyoj sezadilar. Har qanday texnik taraqqiyot o‘zi bilan qator muammolarni ham olib keladi. Yoshlarimizni ana shu muammolar girdobidan himoya qilish, ruhan va jismonan sog‘lom shakllantirish dolzarb vazifa hisoblanadi. San’atning barcha turlari ana shu yo‘lda xizmat qilmog‘i shart. San’at san’at uchun emas, san’at tarbiya uchun degan shiorni o‘rtaga tashlash fursati yetdi. “Xato yoxud Firibgar oshiq” deb nomlangan yangi dramatik film xuddi shunday dolzarb mavzuga bag‘ishlangan. Film qahramonlaridan biri Rustam oilaviy ahvoli yomon bo‘lgani bois, yoshligi va hayotiy tajribasi kamligi uchun bir qator xatolar qiladi. Ammo vaqt o‘tishi bilan, katta avlod vakillarining ta’siri tufayli, Davlatimiz Qonunlarining adolatli prinsiplari natijasida o‘z xatolarini o‘z vaqtida anglab yetadi va ularni tuzatadi. Film yoshlar ma’naviy dunyosini anglash, internet muammolariga tahliliy va tanqidiy yondoshish, o‘zaro munosabatlarda chalg‘imaslik va yana ko‘plab axloqiy, insoniy, ma’naviy masalalarni yoritishga xizmat qiladi. Mazkur film kino ixlosmandlarini befarq qoldirmasligi aniq. Chunki kartinaning o‘z yuki bor. Uning mavzusi va g‘oyasi yosh-u kichikni qiziftirishi aniq. Unda bosh rollarni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Alisher Otaboyev, Uchqun Tillaev,  Mehriddin Rahmatov, Shohida Uzoqova, shuningdek yosh aktyorlar Behruz Tohirov, Farruh Mirzaev, Gavhar Ortiqova va Rustam Nasriddinovlar ijro etishgan. Demak, tez kunda film namoyishini kutamiz. Kartina ijodkorlariga omad tilab qolamiz. 


Manba:popcorn.uz
Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 4117 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Xato yoxud Firibgar oshiq
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:20
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное