Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

Xayrli tun! Uyqu sifatini yaxshilashning 8 ta usuli


Katta odamlarning har uch nafaridan bittasi yaxshi uxlolmasligidan shikoyat qiladi. Buning ajablanarli joyi yo‘q, chunki biz ko‘p ishlaymiz, stresslarni boshdan kechiramiz va miyamiz har kuni juda ko‘p ma’lumotlarni qayta ishlashga majbur bo‘ladi. Bularning barchasi uyqu sifatining buzilishiga sabab bo‘ladi. Quyidagi maslahatlar umuman uyqungiz kelmagan vaqtlarda ham sizga asqatishiga ishonamiz.

1. To‘g‘ri fikrlash
Hech kimga sir emaski, turli xil to‘lqinlar miyaning dam olishiga yordam beradi. Masalan, alfa to‘lqinlari miyani bo‘shashtiradi, teta – meditatsiya orqali tinchlantiradi, delta esa chuqur uyqu sifatini yaxshilaydi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, miyani maroqli uyquga tayyorlash uchun sokin musiqalar tinglash kerak.

2. Yaxshi to‘shak oling.
Vaqt o‘tishi bilan to‘shak (matras) o‘z shaklini yo‘qotishi mumkin. 6-7 yildan beri ishlatayotgan to‘shagingizda o‘zgarishlar bo‘lsa, pulni tejab o‘tirmasdan darhol yangisini sotib oling. Bu yaxshi dam olishingiz uchun tikilgan investitsiya bo‘ladi.

3. Ko‘k nurdan qutuling.
Ko‘k nur uyquga yomon ta’sir ko‘rsatishi sabab, telefonni yostiq oldiga qo‘yib yotish mumkin emasligini hamma biladi. Lekin bu qoidaga deyarli hech kim amal qilmaydi. Agar siz ham bu odatdan qutula olmasangiz gadjetning ko‘k nurini to‘sib qo‘yuvchi funksiyasini yoqib qo‘ying yoki nurdan himoyalovchi maxsus ko‘zoynak sotib oling.

4. Magniy oling.
Agar organizmga kerakli bo‘lgan bu modda yetishmasa, yaxshi dam olishning imkoni bo‘lmaydi. Shunday ekan, ba’zi-ba’zida vitaminli dorilar iste’mol qilish zarar qilmaydi.

5. Yotishdan bir soat oldin dush qabul qiling.
Issiq, ammo qaynoq bo‘lmagan dush qabul qiling. Ana shunda sovqotib qolmaysiz. Salqin sharoitdagi uyqu yoqimli bo‘ladi.

6. 4-7-8 texnikasini o‘rganing
Uning yordamida organizm ko‘p kislorod olib, tez uxlashga tayyorlanadi. Tilning uchini oldingi tishlar ustiga qo‘yib, burun orqali 4 soniya davomida nafas oling, nafasingizni 7 soniya davomida ushlab turing va og‘zingizdan 8 soniya davomida shovqin bilan nafas chiqaring. Xuddi shu ishni to‘rt marta takrorlang.

7. “G‘azab kundaligi” tuting
Agar kimningdir xayoli uxlashingizga xalaqit berayotgan bo‘lsa, u bilan gaplashishning mavridi bo‘lmasa, bu haqida daftarga “ertaga soat sakkizda bu haqida gaplashib olaman”, deb yozib qo‘ying. Shunda miya bu fikrdan xalos bo‘ladi.



Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 1945 | Рейтинг: 0| Рейтинг: 8 ta usuli, Uyqu sifati, yaxshilash, Xayrli tun
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:03
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное