Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

«Xiaomi» to‘xtatiladi, o‘rniga nima chiqadi?


«Xiaomi» kompaniyasi hozir bor e’tiborini yangi «Poco» brendiga qaratgan. Brendning «birinchi raqamli» «POCOPHONE F1» smartfoni «Snapdragon 845» protsessorida ishlaydi. Bu haqda «Astera» xabar bermoqda.

Aytishlaricha, bu kompaniyaning flagman protsessor o‘rnatilgan eng arzon smartfoni bo‘ladi va uch kundan keyin Hindistonda sotuvga chiqariladi.

Muhim ma’lumot: ayrim xabarlarga ko‘ra, endi global bozor uchun «Xiaomi» brendi ostida smartfonlar chiqmaydi, buning o‘rniga «Poco»ni ko‘ramiz. «Financial Express» ma’lumotiga ko‘ra, «Xiaomi» brendi ostida smartfonlar faqat Xitoy ichki bozori uchun chiqadi. Bir hisobda to‘g‘ri qaror, chunki hanuzgacha bu nom qanday talaffuz qilinishini hech kim bilmaydi: Xitoyning o‘zida ham ayrim joylarda «Syaomi», yana boshqa joylarida «Shaomi» (juda yumshoq «sh») deyisharkan. Birinchi harfining o‘zi gangitib qo‘ygani uchun biz bu telefonni ko‘pincha «redmi» deymiz...

Yangi brend haqidagi barcha tafsilotlar 22 avgust kuni «POCOPHONE F1» taqdimotida ma’lum bo‘ladi.



Manba:xabar.uz
Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 5718 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Xiaomi, nima chiqadi, o‘rniga, to‘xtatiladi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:54
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное