Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Xitoyda "Si Szinpinni iste'foga chiqargan" muharrirlar iste'foga chiqarildi

Xitoyda China News Service yangiliklar agentligining 4 nafar xodimi mamlakat rahbari Si Szinpinning Yoxannesburg shahrida qilgan chiqishi to'g'risidagi xabarda xatolikka yo'l qo'yilgani uchun ishdan haydaldi. Bu haqda China Topic xabar tarqatdi.

Xabar qilinishicha, agentlik xodimlari "Xitoy rahbarining nutqi" iborasi o'rniga "Xitoy rahbarining iste'fosi" iborasini yozib yuborishgan. Bunga xitoy tilidagi "zhici" so'zi (nutq) va "cizhi" so'zlari (iste'fo) o'rtasidagi o'xshashlik sabab bo'lgan.

Ushbu xabar matni avval ikki muxyuir tomonidan, so'ng 2 muharrir tomonidan o'qib chiqilganiga qaramasdan, xato payqalmagan.

Bu xato xabar nashr qilinganidan keyin to'g'rilangan.

Bungacha esa, xabar Xitoydagi ko'plab boshqa nashrlarda ko'chirib bosilgan.

Shu tufayli Xitoy hukumati davlat amaldorlariga aloqador xabarlarni faqatgina "Sinxua" agentligidan olish kerakligi bo'yicha qaror chiqargan.



Manba:Kun.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 2051 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Xitoyda Si Szinpinni iste'foga chiq
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:31
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное