Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » AVTO OLAM

Xitoyda vodorodda yuruvchi avtomobil namoyish qilindi, u 1000 km masofa zaxirasiga ega


Xitoyning Wuhan Grove Hydrogen Automobile kompaniyasi vodorodda ishlaydigan 1000 km masofa zaxirasiga ega elektr transport vositasi prototipini taqdim etdi, deb xabar beradi“Korrespondent.net”.

“Xitoy sanoati elektromobillar ishlab chiqarish sohasini jadal rivojlantirmoqda. Biroq batareyali elektromobillar tufayli ko‘pchilik boshqa bir istiqbolli ixtiro — vodorod bilan ishlaydigan elektromobillar haqida unutishadi”, — deb yozadi nashriyot.

Bunday transport vositalarida vodoroddan elektr toki ajratib oluvchi elektr stansiyasi mavjud bo‘lib, global ekologik samaradorlik nuqtai nazaridan an’anaviy batareyalarga ega bo‘lgan boshqa elektromobillardan yaxshiroqdir.

Vodorodda yuruvchi avtomobilning prototipi 2020-yilda konveyerga qo‘yilishi kerak. Uning ekstravagant dizaynidan tashqari asosiy xususiyati shundaki, elektromobil bir yurishda ming kilometr masofani bosib o‘tishga yetadigan quvvat zaxirasiga ega.

Ishlab chiqaruvchining ma’lumotlariga ko‘ra, elektromobilning to‘liq zaryad olishi bir necha daqiqani tashkil etadi. Ayni paytda, eng ko‘p energiya zaxirasiga ega vodorodda yuruvchi seriyali ishlab chiqarilgan elektromobil — Honda Clarity 750 km masofaga yura oladi.



Manba:daryo.uz
Категория: AVTO OLAM
Просмотров: 2619 | Рейтинг: 0| Рейтинг: vodorodda yuruvchi avtomobil
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:52
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное