Dildora Niyozova - Qizi... Dildora Niyozova - Qizi...
Imron - Xiyonat qilma (... Imron - Xiyonat qilma (...
Zohirshoh Jo'rayev - Ol... Zohirshoh Jo'rayev - Ol...
Shohrux (Ummon) - Men d... Shohrux (Ummon) - Men d...
Bojalar - Zerda (Video ... Bojalar - Zerda (Video ...
Ulug’bek Rahmatullayev ... Ulug’bek Rahmatullayev ...




Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Muxabbat va Extiros - Soundtreck (love)
. Iyun Oqshomi - Yeri Nasalama (soundtreck)
. Taqdir O'yini-Va Bank
. Muhabbat tafti - Teri Meri hind soundtreck
. Shamollar Mamlakati - soundtreck (korea)
. Tabib-He yo Jin hikyo (soundtreck koreya)
. Mohim - Oq Ro'molim (OST Meni Kechir)
. Qalbim Chechagi-soundtreck2
. Qor Alangasi - Soundtreck [Offical]
. Samomiy Ishq-soundtreck
. Ko'sem - Beautiful (Turk serial)
. Pazanda - Im Loving You
. Tabib-soundtreck (koreya)
. Qaqnus - Mal De music
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - piano music soundtreck
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Xitoydan qotil qovog‘arilar chiqqani rostmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Xitoyda qotil qovog‘arilar chiqqani haqidagi videolar keng tarqaldi. Bunga Xitoyda tadqiqot olib borayotgan biolog Baxtiyor Sheralievnng quyidagi izohi bilantanishishingiz mumkin.

Ushbu savol so‘nggi kunlarda menga juda-juda ko‘p yuborilmoqda. Bu ari yoki qovog‘ari Xitoydan tarqalgani iddao qilinmoqda va uni koronavirusdan ham xavfli deyishmoqda. Xo‘sh, aslida bu qanday hasharot va u nega endi kun tartibiga chiqib qoldi?
Bu o‘zi qanday hasharot?
Ijtimoiy tarmoqlarda vahimasi tarqalayotgan videolarda katta ehtimollik bilan Osiyo gigant qovog‘arisi (Vespa mandarinia) haqida so‘z bormoqda. Bu hasharot pardaqanotlilar (Hymenoptera) turkumining haqiqiy arilar (Vespidae) oilasiga kiradi. O‘lchami bo‘yicha dunyodagi eng yirik qovog‘ari hisoblanadi. Uzunligi 45 mm.gacha, qanotini yoygandagi ko‘ndalang o‘lchami 75 mm.gacha, nishining uzunligi esa 6 mm.gacha etadi.
2019 yilning dekabr oyida ushbu qovog‘ari AQShda ilk bor qayd etildi. Joriy yilning may oyi boshlariga kelib esa ingliz saytlari qovog‘ari haqida yoza boshladi.
Qaerlarda uchraydi?
Ushbu qovog‘ari Osiyo qit’asining janubiy, janubiy-sharqiy qismidan to Rossiyaning Uzoq sharq mintaqasigacha bo‘lgan hududlarda yashaydi. Uni tabiiy holda Hindiston, Bangladesh, Xitoy, Tayvan, Laos, Tailand, Myanma, Vetnam, Nepal, Yaponiya, Koreya davlatlari hududida uchratish mumkin. Ushbu hasharot tabiatda – tog‘li hududlardagi o‘rmonlarda yashaydi. Asosan boshqa hasharotlar, ayniqsa, koloniya hosil qiluvchi hasharotlar bilan oziqlanadi.
U chindan ham zaharlimi? Bir chaqishda odamni o‘ldiradimi?
Ha, bu hasharot haqiqatdan ham zaharli, ushbu qovog‘ari zahari neyrotoksik xususiyatiga ega bo‘lib, uni mandaratoksin deyishadi. Odamni chaqqanida allergen reaksiya chaqiradi va anafilatik shok holati yuzaga keladi, ba’zan yurak to‘xtashiga ham sabab bo‘lishi mumkin. Bu esa mana shunday hasharotlarning chaqishiga allergiyasi borlar uchun juda xavfli hisoblanadi. Lekin bu ari bir chaqishda odamni o‘ldiradi degan xulosani bermaydi. Odam o‘lishi uchun ushbu qovog‘arining kamida 40-50 tasi birdaniga chaqishi kerak bo‘ladi.
Bu qovog‘ari chaqishidan yiliga nechta odam halok bo‘ladi?
Yaponiya statistikasiga qaraydigan bo‘lsak, 2001 yildan beri mamlakat hududida turli pardaqanotlilar chaqishidan halok bo‘ladiganlar soni 12-26 ta oralig‘ida bo‘lar ekan, lekin bular orasida aynan Osiyo gigant qovog‘arisi chaqishidan halok bo‘lganlar kamchilikni tashkil qiladi. 2013 yilda Xitoyning Shaanxi provinsiyasida aynan mana shu qovog‘ari chaqishidan 41 kishi vafot etgani qayd qilingan.
Nima qilish kerak?
Agar holatga ilmiy yondashadigan bo‘lsak, bu qovog‘ari bugun yoki kecha paydo bo‘lib qolgani yo‘q, u kamida million yillar avval paydo bo‘lgan va mana shu hududlarda yashagan. Odatda to bir biologik tur yashash areali boshqa tur, masalan bu yerda odam tomonidan egallab olinmagungacha turlar bir-biriga zarar keltirmaydi. Tabiat muvozanati mana shunday ishlaydi. Tabiiyki, Yer yuzida odamlar soni oshgach, ular yashash joyi va ekin ekish uchun yangi yerlarni o‘zlashtira boshladilar. Mana shu jarayonda ushbu qovog‘arilarning yashash muhiti ham odamlar tomonidan o‘zlashtirildi va natijada ular odamlar bilan tez-tez to‘qnashadigan holat yuzaga keldi. Oqibatda esa qovog‘ari chaqishidan har yili nechadir odam halok bo‘lmoqda.
Men biolog sifatida bunga normal holat deb qarayman. Har bir turda tabiat tomonidan berilgan o‘zini himoya qilish instinkti bor. Ayni vaqtda qovog‘arilar ham shu instinktidan foydalanmoqda. Qovog‘ari chaqmasin desangiz uning hududlariga bormang, iniga cho‘p suqmang, tabiatga kamroq ta’sir o‘tkazing, shunda qovog‘ari chaqmaydi, joningiz yoningizda qoladi.


Manba:aniq.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 12886 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Virus, Xitoy
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Сизда Изоҳ қолдириш ва фикр билдириш хуқуқи мавжуд эмас.
Фақат сайтимиздан руйхатдан ўтган фойдаланувчилар изоҳ қолдириш ва фикр билдиришлари мумкин.
[ РЎЙХАТДАН ЎТИШ | САЙТГА КИРИШ ]

Профил

Время: 18:09
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
. Zohid - Yetolmadim  
. Shohruhxon - Devona  
. Shahzoda - Dilam  
. Sardor Tairov - So'ngi so'z  
. Bunyodbek Saidov - Qachondur  
. G'iyos Boytoyev - Jodu Ko'zlar  
. Mavluda Asalxo'jayeva - Ne qilay  
. Qilichbek Madaliyev - Anhor  
. Sardor Mamadaliyev - Onam qariganin sezmay qolibman  
. Manzura - Izlamading  
. Shoxruz (Abadiya) - So'ngi bor  
. Oybek Sangin - Sevaman de  
. Gulasan va G'ulomjon Yoqubov - Turnalar  
. Imron - Xiyonat qilma  
. Otabek Muhammadzohid - Dilyara  
. Ulug'bek Rahmatullayev - Farzandim  
. Sahar - Unutganim yo'q  
. Farrux Xamrayev - Otajon namoz o'qing endi  
. Rayhon - Chorlayverar  
. Xurshid Rasulov - Otang bo'lsa  

Самое Популярное
. VIA Marokand - Sevgi
. Zohid - Yo'qsan
. Shohruhxon - Sevmadimmi
. Farrux Xamrayev - Ado qilding
. Umar Shamsiyev - Lolam
. O'g'irlanmagan Kelin - Medi Laga Kirakna
. Jasurbek Jo'rabekov - Ohangaronim
. Rayhon feat. Bojalar - Sevamande (consert version)
. Shohruhxon - Ayol
. Farhad Suleyman - Davidam