Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Xitoylik juftlik g‘or ichida 54 yil yashadi

Xitoy janubi-g‘arbidagi Sichuan provinsiyasida istiqomat qiluvchi juftlik 54 yil mobaynida g‘or ichida yashadi va boshqa joyga ko‘chib o‘tishni rejalashtirmayapti. Bu haqda, “Jenmin jibao” nashriga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Aytilishicha, 81 yoshli Lyan Szifu va uning 77 yoshli rafiqasi Li Suin 54 yil muqaddam — endi nikoh qurganida Nanchun shahri yaqinidagi g‘orlardan biriga ko‘chib o‘tgandi. U payti yosh juftlik haqiqiy uy sotib ololmasdi, shu bois g‘orda yashashga majbur bo‘lgandi. Vaqt o‘tishi bilan er-xotin g‘orda o‘zlari uchun qulay shart-sharoitlarni yaratib oldi. Endi g‘orda uchta yotoqxona, oshxona, mehmonxona va cho‘chqaxona bor.
Gazetada chop etilgan suratlardan ma’lum bo‘lishicha, g‘orda televizor va ventilyator ham bor.
G‘orda o‘tgan yillar davomida juftlik to‘rt farzandni dunyoga keltirdi.
Mahalliy ma’muriyat keksa juftlikni yaxshiroq uy-joy bilan ta’minlashga urinmoqda, ammo ular bundan bosh tortmoqda.
Ma’lumot uchun, Xitoyda 30 million kishi g‘orlarda istiqomat qiladi.


Manba:daryo.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 5612 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Xitoylik juftlik
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:22
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное