Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Xitoylik qiz yigiti unga uylanishi uchun BMW va yangi uy sovg‘a qildi


Xitoyning Xenan provinsiyasida istiqomat qiluvchi qiz yigiti unga uylanishi uchun BMW avtomobili va yangi uyning hujjatlarini sovg‘a qildi, deb xabar beradi AsiaOne.

24 yoshli Syaoszin o‘zining Syaoke ismli sevgilisiga 11-dekabr kuni — tanishganiga bir yil to‘lgani munosabati bilan oila qurishni taklif qilgan. U yigitni birinchi bor uchrashgan joylariga chaqirgan. Qiz uchrashuv joyini sharlar bilan bezab, uni kelin libosida kutib olgan. “Men barchasini tayyorlab qo‘ydim. Senga mashina va uyning hujjatlarini sovg‘a qilaman. Men sen bilan bo‘lishni istayman. Menga uylanasanmi?”, — degan qiz.

Keyinroq Syaoszin nima sababdan bunday yo‘l tutganini izohlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, yigit doim qizga g‘amxo‘rlik qilgan va uning uchun ko‘p narsadan voz kechgan.

Syaoszinning ta’kidlashicha, syurprizni tashkillashtirishda unga oilasi yordam bergan. Mashina va uyni qizning ota-onasi olib bergan. Biroq qiz hayotda muhimi pul emas, balki sevgi ekanligini ta’kidlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Yulduz Usmonovaga 12-dekabr kuni prodyuseri va turmush o‘rtog‘i Mansur Agaliyev BMW X7 sovg‘a qilgan edi.



Manba:daryo.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 4301 | Рейтинг: 0| Рейтинг: yangi, sovg‘a qildi, Yigiti, unga, va, BMW, uy, Xitoylik qiz, uylanishi uchun
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:11
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное