Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Mohim - Oq Ro'molim (OST Meni Kechir)
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Qirolicha - Soundtreck (slow version)
. Vorislar - Loves Moment (serial korea)
. Qo'rqmas - soundtreck 3
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - piano music soundtreck
. Muhabbat tantanasi - soundtreck
. Ayol Qalbi - You can't say
. Yoz Ifori-Soundtreck
. Osiyo-Asi [+ soundreck]
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Sensizlik
. Bola Uyda yolg'iz-[Один Дома] soundtreck2
. Osiyo-Soundtreck
. Pazanda - The Sound of Love
. Saroy Javohiri - Soundtreck
Главная » Файлы » PSIXALOGIYA, OILA

«Xo`p bo`ladi, xo`jayin!» Oilada kim «boshliq»? Aniqlaymiz!




Marmar toshlar bilan bezatilgan qasrga kiraverishda ikkita eshik bor emish. Biriga «Xotinining gapiga quloq solgan erkaklar uchun», ikkinchisiga esa «Xotiniga xo`jayinlik qilgan erkaklar uchun» deb yozib qo`yilibdi. Birinchi eshik oldida turna qator bo`lib navbat kutayotganlar ko`pmish, ikkinchisining qarshisida esa birgina  erkak yolg`iz o`zi turarmish. Hayron bo`lgan Afandi shu erkakning oldiga borib, «Xotiningizga rostan ham xo`jayinlik qilganmisiz? Qarang, sizdakasi bitta ekan!» – desa, suhbatdoshi «Yo`g`e, xotinim uni shu erda kutishimni tayinlagandi», dermish.

Bu bor yo`g`i bir latifa, hurmatli erkaklar bizdan aslo ranjimang! Aziz dugonalar, siz esa quvonishga shoshilmang! Zero, har bir hazil ortida oz bo`lsa-da haqiqat borligini inkor etolmaymiz. Xo`sh, sizning oilangizda etakchi kim? Quyidagi test yordamida bunga aniqlik kiritamiz!

1. Oila, uy yumushlarini qay tarzda taqsimlaysiz?

A) Xizmat vazifamizdan kelib chiqqan holda.

B) Har kimning qayci ishni bajarishi o`z ixtiyoriga bog`liq.

V) Ular to`laligicha mening (erkak) zimmamda.

2. Hal qiluvchi vaziyatlarda er-xotin bir-biringizga ko`mak bera olasizmi?

A) Barcha muammolarni erkak kishi hal qilishi lozim, bizning oilada aynan shunday.

B) Harakat va maslahatlar bilan bir-birimizni qo`llab-quvvatlaymiz.

V) Har kim o`z muammosiga o`zi echim topadi, aniqrog`i erimning men va farzandlarimiz bilan ishi yo`q.

3. Farzandlaringiz oldida otasining hurmatini saqlay olasizmi?

A) Albatta, mudom.

B) Bolalarimiz ular uchun kim ko`proq jon kuydirayotganini aytmasak ham yaxshi tushunishadi.

V) Yo`q.

4. Turmush o`rtog`ingizni fikri yoki qarorini muhokama qilasizmi? Masalan, u biror erga «Bormaysan» desa, aytgani bo`ladimi?

A) Ha, turmushimizning boshidan shunday. Erimning gapi qonun!

 B) Erimning aytgani-aytgan, degani – degan emas. Goh janjal, goh yaxshi gap bilan o`z istagimga erishaman.

V) U farzandlarimizning otasi, ammo shaxsiy masalalarimni o`zim hal qilaman.

5. Jufti halolingiz bilan urishib qoldingiz...

 A) Bir-biringizni diqqat bilan tinglab, gaplashib olasiz.

B) Bir-biringizni tinglashga harakat qilasiz, biroq har doim ham buning uddasidan chiqolmaysiz.

V) Ko`p hollarda suhbat janjalga aylanadi va uzoq davom etadi.

6. Eringizga oylik maoshini uyga olib kelish kerakligini muntazam eslatib turish lozimmi?

A) Yo`q, kerak emas.

B) Gohida unutib qo`yadi yoki o`zini shunday ko`rsatadi.

V) Bizning pulimiz umumiy emas. Har kim o`zi topganini bilganicha sarflayveradi. Farzandlar bilan bog`liq harajatlarni esa 50/50 qoplaymiz.

7. «Oila boshlig`i» deganda ro`zg`orga katta moliyaviy ulush qo`shuvchi va taqsimlovchi  inson tushunilsa, bu «unvon» kimga tegishli bo`lishi haqida tortishuvlar bo`lib turadimi?

A) Yo`q, bizning oilada tan olingan etakchi bor. U — erim.

B) Pul bilan bog`liq masalalarni hal etishda o`zaro fikr almashamiz. Tan olishim kerak, oila g`aznasiga ko`proq pul qo`ygan odamning gapi inobatga olinadi.

V) Ha,bo`lib turadi.

8. Qabul qilgan qaroringizni haqqoniyligini bilsangiz ham, bu haqida turmush o`rtog`ingiz bilan maslahatlashish zarur deb bilasizmi?

A) Ha, uning fikri men uchun muhim.

B) Juda kam hollarda. Shunda ham farzandlarning oldida erimning hurmati yo`qolmasligi uchun.

V) Yo`q.

9. Eringizning do`stlari, ular bilan birga futbolga borishi, choyxonada o`tirishi, gap-gashtaklarda qatnashishi kabi masalalarga fikringiz qanday?

A) Erkak ba`zan oila va ishdan dam olib turishi kerak.

B) Yoqmaydi, ammo yana janjal ko`tarmasin deya barchasiga ko`z yumaman.

V) Ko`rpasiga qarab, oyoq uzatsa deyman. Ziyofatlarga pulini sovurishiga yo`l qo`ymayman.

10. Agar sizga umr yo`ldoshingizni qayta tanlash imkoniyati berilganida...

A) Aynan mana shu juftimni qayta tanlagan bo`lardim.

B) Javob berishga ikkilanayapman.

V) Shubhasiz, boshqani tanlardim.

 

Yo`riqnoma

Agar siz berilgan javoblardan “a”ni tanlagan bo`lsangiz — 4 ball yozing, “b”ga esa — 2 ball. Va nihoyat “v” javobi uchun 0 ball berilishini inobatga oling.

Natijasi nima bo`ldi?

40 balldan – 28 ballgacha

Sizning nikohingiz bir-birini hurmat qiluvchi hamda sevuvchi ikki teng huquqli insonlarning ittifoqidir. O`rtangizda do`stona munosabat va kelajak uchun umumiy maqsadlarning borligi ham oilangizni mustahkamlaydi. «Kim boshliq» degan savol sizlar uchun o`rinsiz. Ayol kishi erkakni har qanday vaziyatda hurmat qilishi lozimligini yaxshi tushunasiz. Va juftingizni har qanday vaziyatda qo`llab-quvvatlaysiz. Siz eringizga buyruq berib emas, shirin so`z bilan aytganingizni qildirish kuchiga egasiz.  

27 balldan – 15 ballgacha

Oilada eringiz bilan tengma-teng, mehnat qilasiz. Turmush o`rtog`ingiz bajarayotgan ishlarning deyarli barchasidan ko`nglingiz to`lmaydi. Buning sababi nimadaligini o`zingiz ham aniq aytib berolmasangiz kerak. Juftingizga biror yumushni iltimos qilib, qachon bajarib bo`lishini kutish sizga malol keladi. «Undan ko`ra o`zim qilganim yaxshi», deb barchasini o`z gardaningizga birma-bir yuklayotganingizni anglayapsizmi? Bu ketishda eringiz siz va farzandlaringizga qo`l siltamasmikan? Fe`lingizni biroz kengroq qiling. Aks holda, ro`zg`or, oila, bolalarning barcha muammolarini bir o`zingiz hal etishingizga to`g`ri keladi.

14 balldan – 0 ballgacha

Oilangizda matriarxat tuzumi davom etmoqda. Buning ikki sababi bo`lishi mumkin: eringiz tabiatan bo`sh inson, yoki sizning kuchli xarakteringiz uni shu ahvolga solgan. O`ylab ko`ring, qay variant sizga to`g`ri keladi? Turmush o`rtog`ingiz balki sizga nisbatan ma`suliyatsizroqdir, kamroq pul topar. Ammo u farzandlaringiz otasi! Uni bolalaringiz oldida behurmat qilishga aslo haqqingiz yo`q! Otasining oila aravasini torta olmayotganini ko`rsatganingiz bilan farzandlaringiz sizni ko`proq yaxshi ko`rishmaydi. Hurmatingiz oshib qolmaydi. Oila qo`rg`oni ichida qanday vaziyat hukmron bo`lishi sizga bog`liq, maslahatimiz, eringizni atrofdagilar ko`z o`ngida oila boshlig`i sifatida muomalada bo`ling. Balki shu bilan u o`z vazifalari nimalardan iborat ekanligini yodga olar.


Категория: PSIXALOGIYA, OILA
Просмотров: 5991 | Рейтинг: 0| Рейтинг: oila
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:22
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное