Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Xonanda Nilufar Usmonova homilasi nobud bo`lishi bilan bog`liq voqea haqida so`zlab berdi



Ayni paytda to`rtinchi marotaba ona bo`lish arafasida turgan xonanda Nilufar Usmonova “Qalampir” sayti bilan suhbatda hayotidagi qora sahifa sifatida muhrlangan kun haqida gapirdi.

Nilufar onasi O`zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning 2015 yilning dekabr oyida Toshkentda o`tkazilgan albom taqdimotini eslab, shu kuni juda tushkun kayfiyatda bo`lgani, o`sha kun hayotida og`riqli iz qoldirganini aytdi.
 
“O`shanda onam bilan navbatdagi duetni kuylash baxtiga muyassar bo`lgan edim. Lekin bu quvonch tatimagan. Chunki bir kun avval homilam nobud bo`lgan edi. Shu sababli o`sha kunni hayotimdagi qora sahifa, deb bilaman.
 
San`atkorlarga mana shunday paytlarda juda qiyin. Bir tomonda oila, ikkinchi tomonda ish. Homilamni yo`qotib, o`z dardim o`zimga etib turgan paytda sahnaga chiqib qo`shiq kuylashga bazo`r kuch topganman. Chunki Yulduz Usmonova menga ishonch bildirgan, men esa shaxsiy muammolarimni deb u kishini chorasiz qoldirmasligim kerak edi. Bor kuchimni to`plab, sahnada tabassum bilan qo`shiq aytgan bo`lsam-da, ichimdan nimalar o`tgani faqat o`zimga ayon”,— deydi Nilufar Usmonova.
 
Xonanda onasi bilan munosabatlari haqida gapirar ekan, Yulduz Usmonova oilasi yoki farzandini emas, aksincha, san`atini tanlagani, u uchun san`at birinchi o`rinda turishini aytdi. “Men uchun esa birinchi o`rinda oilam turadi. Oilam uchun san`atimni chetga suraman”,—deydi Usmonova.


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 5858 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Nilufar Usmonova
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
NuR_KR Vay bechara
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:19
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное