Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Xonanda Rayhon sobiq turmush o‘rtog‘i Yigitalining to‘yiga bormasligini ma’lum qildi
 


O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva jurnalist Jasur Hamroyev bilan Facebook orqali jonli suhbatida sobiq turmush o‘rtog‘i Yigitali Mamajonov haqidagi savollarga ham javob berdi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda.
Rayhon hozirgi turmush o‘rtog‘i Farhod Alimov va farzandlari o‘rtasidagi munosabatlar do‘stona ekanligini aytib o‘tdi.
 
Farzandlarim otasini so‘raydi, albatta. Ular tez-tez ko‘rishib turadi. Bundan tashqari, men o‘zim Yigitalidan ular bilan tez-tez ko‘rishishini, muloqot qilishini so‘rayman. Har doim farzandlarimni otasini hurmat qilishga, sevishga o‘rgataman, chunki u o‘g‘illarimning otasi.
 
O‘g‘illarim hozirgi turmush o‘rtog‘im bilan ham do‘stona munosabatda. O‘z o‘rnida, men ham turmush o‘rtog‘imning farzandlari bilan yaxshi munosabatdaman, ular bilan do‘st tutinganman.
 
Rayhon, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist
 
Rayhon suhbat davomida “Yigitali uylansa va to‘yiga taklif qilsa, borarmidingiz?”, degan savolga ham javob qaytardi.
 
Yigitaliga o‘ziga mos qizni uchratishini tilayman. Unga chin qalbimdan faqat baxt tilayman. To‘yga borishga kelsak, bu unga yoqadi, deb o‘ylamayman. Shuning uchun bormasam kerak.
 
Rayhon, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist
 
Ma’lumot uchun, Rayhon va Yigitali 2012-yilda turmush qurgan, 2014-yilda esa egizak farzandli bo‘lgan. 2016-yil mayida Rayhon va Yigitalining nikohi rasman bekor qilingani ma’lum bo‘ldi. 2016-yil noyabrida Rayhon boshlovchi Farhod Alimovga turmushga chiqdi.


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 8607 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Rayhon G‘aniyeva
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Mohinabonu Rayhon yangi oylangiz bilan bahtli buling szga omad yor bulsin nassib qilsa Yigitali ham ôz bahtlarini topadila men bunga ishonaman va hurmad qilaman albatta aka va aktyor sifatida men Yigitali akani oylasiga sog'lik omonlik tinchlik yor bulishligini tilab qolaman.Buhorolik muhlisalari bulaman Omaaaad akajonimga :p
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:47
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное