Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MP3 KO'CHIRISH (MUSIQIY TAQDIMOTLAR)

Xonanda Rayhon Tohir Sodiqov bilan duet kuyladi

Estradamizning latofatli xonandalaridan biri Rayhon fevral oyida o‘zining muxlislari uchun uzoq kutilgan konsert dasturini namoyish etadi. Mazkur konsert oldidan xonanda tomonidan kutilmagan tuhfa sifatida duet tarona “O‘zbegim taronasi” radiosi orqali taqdim etildi, deb xabar bermoqda “Popcorn.uz”.
Duetdosh esa deyarli barchaning sevimli xonandasiga aylanishga ulgurgan Tohir Sodiqov. FM 101.00 to‘lqinida ilk bora jarang sochgan qo‘shiq “Indamay” deya nomlanib, yo‘nalish va musiqa jihatdan ilk notalaridanoq tinglovchi e’tiborini tortadi.
Pinhona muhabbat va aytilmagan so‘zlar, ichki hissiyotlar jo‘sh urgan taronaning “O‘zbegim Taronasi” radiosida premyerasi berilgach, turli fikrlar qabul qilindi.
Asosan “nihoyat Rayhondan ham, Tohir Sodiqovdan ham biz kutgan qo‘shiq” deya ta’rif berilgan duet tarona uchun hatto estradamizning ko‘plab yulduzlari ham baho berishdi. O‘zining ohanggi bilan dilga manzur kelishi ham e’tirof etildi.
Категория: MP3 KO'CHIRISH (MUSIQIY TAQDIMOTLAR)
Просмотров: 3580 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Bolalar, duet, Rayhonm Tohir Sodiqov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 06:58
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное