
Shahzoda Instagram ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida delfin bilan hovuzda tushgan suratini joylashtirdi.
"Yana bir orzuim amalga oshdi. Xudoga shukr. Delfinlar yer yuzidagi yeng ajoyib va mehribon jonivorlar. Buni bir so'z bilan ifodalab bo'lmaydi. Ular bilan yaqindan tanishganimdan quvonchdan yig'lagim keldi. Qanchalik yoqimtoy, qanday samimiy mavjudot", deya taassurotlarini o'rtoqlashgan Shahzoda.
Shuningdek, uning instagramida shu hodisa tasvirlangan bir necha soniyalik video ham bor. Unda xonanda delfinning suzgichlaridan tutib, "Tantsuy, tantsuy" qo'shig'ini hirgoyi qilgan ko'yi u bilan raqsga tushadi. Bu vaqtda uning atrofida 10 chog'li kishi g'avvoslar kostyumini kiygan holatda turadi. Ulardan biri yesa kamera tutgan.
Taxmin qilish mumkinki, bu jarayon xorij yurtlardan birida yuz bergan va xonanda yangi qo'shiq uchun klip tayyorlamoqda.
|