Xonanda Shohruhxon va aktrisa Asal Shodieva Qurbon Hayiti tabrigini birgalikda yo`lladi
Qurbon Hayiti bayrami munosabati bilan xonanda Shohruhxon va uning turmush o`rtog`i — aktrisa Asal Shodieva Instagram’dagi muxlislariga tabrik yo`lladi, deb yozadi “Daryo”.
Xonanda ham, aktrisa ham Instagram’dagi sahifasida birga tushgan selfisini e`lon qilgan. «Bayram bilan, do`stlar», — deb yozgan Shohruhxon. «Hayit muborak!», — deb tabrik yo`llagan Asal Shodieva.
Bu Shohruhxon va Asalning uzoq tanaffusdan so`ng ilk birgalikdagi selfisi bo`ldi.