Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
. Bola Uyda yolg'iz-soundtreck
. Sevgi Iztirobi - Nihan Muzurluk Peinde
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Younha My love
. Ishdagi Ishq - Моей душе покоя нет
. TisMarHan-soundtreck
. Muhabbat tafti - Rabba Ve
. Qo'rqmas - soundtreck (music)
. Qo'rqmas - soundtreck 3
. Tabib-Na sarakiyo (soundtreck koreya)
. Qish Sanatasi-Soundtreck2
. Qirolicha - Soundtreck (slow version)
. Kelin - Soundtreck (Hind serial)
. Klon-soundtreck
. Dengiz hukumdori - Offical soundtreck
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Xorijga chiqish pasportining joriy etilishi haqida nimalarni bilish kerak?

2019-yilning 1-yanvaridan O‘zbekistonda xorijga chiqish stikerlari bekor qilinadi, uning o‘rniga chet elga chiqish hujjati sifatida vaqtinchalik biometrik pasportlar amal qiladi. Bu Prezidentning 16-avgustdagi farmonida ko‘zda tutilgan. Shu munosabat bilan “Gazeta.uz” xorijga chiqish pasportlari joriy etilishi haqidagi asosiy faktlarni keltirib o‘tdi.

1. 2011-yil namunasidagi biometrik pasport O‘zbekiston hududida umumfuqaro hujjati sifatida ishlatiladi.

2. 2021-yil 1-yanvariga qadar O‘zbekiston fuqarolari 2011-yil namunasidagi amaldagi pasportlar bilan viza tartibi o‘rnatilmagan davlatlarga chiqishi mumkin bo‘ladi . Bular: Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Moldova, Rossiya, Ukraina va Gruziya.

3. Xorijga chiqish pasportining amalga kiritilish paytigacha fuqarolar viza tartibi o‘rnatilgan davlatlarga 2011-yil namunasidagi pasport bilan, agar unda xorijga chiqish stikeri bo‘lsa, bora oladi.

4. Chet eldagi O‘zbekiston fuqarolari 2011-yil namunasidagi pasportlarni ularning amal qilish muddati tugaguniga qadar ishlatishi mumkin bo‘ladi.

5. Xorijga chiqish uchun biometrik pasport rasmiylashtirish va berish tizimi zamonaviy axborot texnologiyalariga asoslanib, aholiga maksimal interfaol xizmatlar ko‘rsatilishi bilan amalga oshiriladi: elektron ariza kiritish, elektron navbat, davlat bojining elektro to‘lov tizimlari orqali to‘lanishi, hujjatning tayyorligini tekshirish xizmati. Bu tizim 2018-yil 1-dekabriga qadar joriy etiladi.

6. Hujjatlarni qabul qilish jaryonida “yagona oyna” tizimi ishlatilib, u barcha zarur hujjatlarni “Elektron hukumat” orqali olinishini nazarda tutadi.

7. Axborot texnologiyalarining joriy etilishi tufayli xorijga chiqish pasportining rasmiylashtirilish va berilish muddati 15 ish kunidan o‘n ish kunigacha qisqartiriladi.

8. Xorijga chiqish uchun biometrik pasport davlat standarti 2017-yil 1-dekabriga qadar tasdiqlanadi. Pasport 48 sahifadan iborat bo‘ladi.

9. Xorijga chiqish pasportining amal qilish muddati voyaga yetmaganlar uchun besh yilni, 16 yoshdan kattalar uchun o‘n yilni tashkil etadi.

10. Fuqarolar xorijga chiqish pasportini olish uchun arizalarni doimiy propiska joyi bo‘yicha IIV migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish tuman va shahar bo‘linmalariga kiritishi mumkin bo‘ladi (hozir bu funksiyalarni faqat viloyat bo‘linmalari bajaradi). Chet elda fuqarolarni qabul qilish hamda xorijga chiqish pasportlarini rasmiylashtirish O‘zbekistonning konsullik idoralari tomonidan amalga oshiriladi.

 



Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1759 | Рейтинг: 0| Рейтинг: xorijga hiqish, passport
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:38
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное