Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Yangi daraxt turi Leonardo Di Kaprio sharafiga nomlandi. Aktyor Afrikadagi o‘rmon daraxtlarining kesilishini to‘xtatishda yordam bergan

Buyuk Britaniyaning Kyu shahridagi Qirollik botanika bog‘i olimlari yangi topilgan daraxt turiga aktyor Leonardo Di Kaprio nomini berdi, deb yozadi Esquire.

Daraxt Uvariopsis dicaprio rasmiy nomini oldi, u faqat Kamerunda, bioxilma-xilligi bilan mashhur o‘rmonda o‘sadi.

U to‘g‘ridan to‘g‘ri tanasida o‘sadigan yorqin sariq gullarga ega bo‘lgan kichik tropik yashil daraxt. O‘simlik 2022-yilda Kyu bog‘i olimlari tomonidan PeerJ ilmiy jurnalida nashr etilishi sababli nomlandi. Qayd etilishicha, Uvariopsis dicaprio yo‘qolib ketish xavfi ostida.

Olimlarning ma’lum qilishicha, ular daraxtga Gollivud aktyoriga hurmat yuzasidan uning nomini qo‘yishgan, chunki Di Kaprio Ebo o‘rmonlarini kesishni to‘xtatishga yordam bergan. Bu Markaziy Afrikadagi eng yirik o‘rmonlardan biri bo‘lib, u yera ko‘plab noyob flora va fauna, jumladan, yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan gorillalar, shimpanzelar va o‘rmon fillari yashaydi.

“Biz Di Kaprio Ebo o‘rmonlarining kesilishini to‘xtatishda hal qiluvchi rol o‘ynaganiga ishonamiz”, – deydi olim Martin Chik.

Avvalroq xalqaro ekspertlar hukumatga maktub yo‘llab, Eboni kesish bo‘yicha rejalarni to‘xtatishni so‘rashgan va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan hayvonlar va o‘simliklar turlarini batafsil bayon qilgan edi. Di Kaprio vaziyatni ijtimoiy tarmoqqa joylash orqali kompaniyaga yordam berdi. Keyinchalik hukumat o‘rmonlarni kesish rejalarini bekor qildi, garchi Ebo hali rasmiy milliy bog‘ maqomini olmagan bo‘lsa ham.



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 1036 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Di Kaprio, nomlandi, to‘xtatishda, daraxtlarining, Aktyor Afrikadagi, yangi, o‘rmon, kesilishini, daraxt turi, sharafiga, Leonardo, bergan, yordam
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:47
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное