Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Yangi haftaning ilk kunidan qanday havoni kutyapsiz?


Gidrometeorologiya xizmati markazining xabar berishicha, haftaning ilk kunida O‘zbekiston bo‘ylab havo harorati o‘zgarib turadi.

7 avgust kunining ob-havo ma’lumoti bilan tanishing.

Toshkentda havo bulutli bo‘lishi kutilmoqda. Harorat kunduzi +37... +39, kechasi esa +22... +24 daraja bo‘ladi. Shamol soniyasiga 3-8 metr tezlikda esadi.

Farg‘ona, Namangan va Andijonda kunduzi harorat +33... +38 daraja, kechasi esa +20... +25 darajada bo‘lishi kutilmoqda. Shamol tezligi 3-8 metr soniyani tashkil etadi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryoda kunduzi havo kutilganidan ham issiq bo‘ladi. Harorat kunduzi +35... +40, kechasi esa +20... +25 daraja bo‘lib, shamol sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda esadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo issiq bo‘lib, harorat kunduzi +35... +40, kechasi +22... +27 darajani tashkil etadi. Shamol soniyasiga 3-8 metr tezlikda esishi kutilmoqda.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham osmonni biroz bulut qoplaydi. Havo harorati kunduzi +35... +40, kechasi +22... +27 darajani tashkil etib, shamol sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda esishi mumkin.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi. Havo harorati kunduzi +35... +40 daraja, kechasi esa +22.. +27 darajaga tushishi kutilmoqda. Shamol sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda esishi mumkin.

Akmal Eshonxonov



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3348 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ob-havo
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:40
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное