Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SERIALLAR HAQIDA

"Ko'sem" seriali haqida qisqacha ma'lumot


Bir paytlar Turkiya serial ijodkorlari yangilik tariqasida tarixiy serial suratga olishibdi deb e'lon qilingandi. Bu serial "Muhtasham yuz yil" ("Великолепный век") seriali edi. Ushbu serial shunaqangi mashhurlikka erishdiki, xatto ijodkorlarning o'zlari ham bu natijadan hayratga tushgan bo'lsalar ajabmas. To'g'risini aytsam, "Muhtasham yuz yil" serialini tomosha qilganimdan so'ng, boshqa bunday ajoyib tarixiy serial bo'lmasa kerak deb o'ylagandim. "Ko'sem" seriali ilk bor Turkiya ekranlarida namoyish qilinganda va "Muhtasham yuz yil"ning davomi sifatida suratga olinganligini eshitib, bu serial unchalik qiziq emas va u qadar mashhurlikka erishmasa kerak deb o'ylagandim. Ammo serialni tomosha qilgach esa, fikrlarim umuman o'zgarib ketdi. Ushbu "Ko'sem" seriali juda ham qiziq voqealar rivojiga boy. Bu serial o'tkir syujetli drama janrida suratga olingan. Serialda shunaqangi ta'sirli sahnalarni guvohi bo'lasizki, ko'rib butun vujudingiz bilan serial qahramonininng holatiga go'yo siz tushib qolgandek tuyiladi. Ushbu serialni endi o'zbek tilida tomosha qilishning imkoni bizda mavjud. Bunday imkoniyatni bizga Milliy TV telekanali ijodkorlari taqdim etishdi. Serialni siz ham tomosha qiling va o'z bahoingizni bering.
Serial haqida qisqacha ma'lumot beradigan bo'lsak, "Ko'sem" seriali 2015 yilda ilk bor Turkiya ekranlarida premyera qilingan bo'lib, "Muhtasham yuz yil"ning mantiqiy davomi sifatida suratga olingan. Bu serialda Anastasia TsilimpiouHülya AvşarEkin KoçKadir Doğulu va yana bir qancha mahoratli aktyorlar o'z rollarini qoyilmaqom qilib ijro etganlar. 
Otasining kutilmagan o'limidan keyin taxtga o'tirgan Sulton Ahmad juda qiyin kunlarni boshida kechiradi. Bu orada Ahmadning buvisi Sofiya Sulton Uzoq Grek orolida joylashgan Kefaloniya qishlog'idan Anastasiya ismli qizni qochirib kelib, Ahmadga sovg'a tariqasida hadya qiladi. Ammo Anastasiya birnecha marotaba uyiga qochib ketishga harakat qiladi. Oxiri uyiga qochib keta olmasligini, shox saroyida bir umr qolib ketishini anglab yetadi. Bu orada u Sulton Ahmadga oshiq bo'lishni boshlaydi. 
Serialning davomi qanday bo'lishiga albatta uni tomosha qilgandan so'ng guvohi bo'lishingiz mumkin. Serialning o'zbek tilidagi qismlarini bizning saytimiz orqali ham tomosha qilishingiz va ko'chirib olishingiz mumkin. 
Voqealar rivoji va aktyorlar haqidagi ma'lumotlarni bizda kuzatib boring. 


Miracle tayyorladi


Manba:tarona.net
Категория: SERIALLAR HAQIDA
Просмотров: 14619 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Ko'sem, Turk serial
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:10
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное