Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

“Yangi ovozlar”. Munisa Rizayeva loyihada o‘zidan mahoratliroq yoshlar borligiga iqror bo‘ldi




Yangi ovozlar” teletanlovi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tashabbusi asosida O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi, “O‘zbekkino” milliy agentligi, Alisher Navoiy nomli kino saroyi hamda Yoshlar madaniyat va san’at markazi davlat unitar korxonasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Mazkur teletanlov mamlakatimizdagi yoshlarning xonandalik yo‘nalishidagi iste’dodini namoyon etishi uchun ijodiy maydon yaratish, ularning mahoratini oshirish, jahon va o‘zbek milliy xonandaligi an’analarini targ‘ib qilish va rivojlantirish, yangi ovoz sohiblarini, shuningdek, turli janrlar va chet tillarida kuylay oladigan yosh iste’dodlarni izlab topish hamda ularni professional san’atga jalb etish maqsadida 18—30 yoshdagi havaskorlar va professional tayyorgarlikka ega bo‘lgan ishtirokchilar o‘rtasida o‘tkazildi.
 
Teletanlovda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan ishtirok etish istagini bildirib, xujjat topshirgan yoshlarning soni 400 nafardan ziyodni tashkil etdi.
Joriy yilning 20—22-iyul kunlari “Yoshlar ijod saroyi”da “Yangi ovozlar” teletanlovining dastlabki saralash bosqichi o‘tkazilgandi. 10—11-noyabr kunlari esa birinchi bosqichning ikkinchi saralash bosqichi bo‘lib o‘tgandi.
 
Teletanlovning ilk saralash bosqichida o‘z iqtidorini to‘la namoyon etib, muvaffaqiyatga erishgan 120 nafardan ziyod yosh ijodkor uning ikkinchi saralash bosqichida qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritgandi. Shundan 45 nafari ikkinchi bosqichda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Teleloyihaga Davron Kabulov hamda Nilufar Sotiboldiyeva boshlovchilik, Sa’dulla Abdullayev esa rejissorlik qilmoqda.
 
Ishtirokchilarni O‘zbekistonda xalq artisti Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Yulduz Turdiyeva, Adham Soliyev, Munisa Rizayeva, Xurshid Inog‘omov baholab bormoqda. Bundan tashqari loyihaga Ravshan Namozov. Musoxon Nurmatov, Sharofiddin Murodov, Dilmurod Matkarimov singari san’at vakillaridan iborat ekspertlar guruhi jalb etilgan.
Ishtirokchilarni baholash quyidagicha: sahnaga chiqib qo‘shiq kuylagan ishtirokchining ijrosi hakamlardan biriga yoqsa, u qizil tugmachani bosadi. Qizil tugmacha bosilishi bilan hakamning o‘rindig‘iga o‘rnatilgan chiroqlar yonadi. Bu esa ishtirokchining ijrosi unga ma’qul kelganini bildiradi.
 
Agar uchala hakamning ichidan faqat bittasi tugmachani bossa, ishtirokchi o‘sha hakam jamoasiga qabul qilinadi. Ishtirokchining ijro mahorati uchala hakamga ham birdek ma’qul bo‘lsa, unga uchala hakamdan birortasini tanlash imkoniyati beriladi. Mazkur hakamlar tanlovdan o‘tgan ishtirokchini keyingi bosqichga tayyorlab boradi.
Tanlovga hakamlik qilgan Munisa Rizayevaning fikrlari bilan qiziqqan jurnalist Feruz Muhammad unga quyidagi savollar bilan murojaat qildi.
 
— Tanlovdagi ishtirokchilarning mahorati haqida nimalar deya olasiz?
— Tanlovdagi ishtirokchilar juda ham mahoratli, har bir ishtirokchining o‘z yo‘li, yangi ovozi, o‘ziga xos bo‘lgan iste’dodi bo‘lgani uchun, ularni baholash biz hakamlar uchun juda ham qiyin. O‘ylashimcha, keyingi bosqishlarda bundanda ham qiyinroq bo‘ladi. Sababi har bir jamoada, ya’ni Ozodbek Nazarbekov hamda Adham Soliyev jamoalarida juda kuchli va tanlab olingan iste’dod sohiblari bor.
 
— Tanlovdagi ishtirokchilar orasida sizning ijodingizga qiziqadiganlari ham ko‘pchilikni tashkil qilar ekan. Ishtirokchi sizni tanlasa, buning sababi ayon — kelgusida sizni o‘ziga ustoz sifatida, ijodida maslahat berib, yo‘naltirib turadigan inson sifatida ko‘rmoqda. Ammo siz ularni musoboqaning keyingi bosqichiga tayyorlash uchun ijodingizdan, to‘y-tomosha va konsertlardan ortib, ustozlik qilishga vaqt ajrata olasizmi?
— Kerak bo‘lsa kun davomida, kerak bo‘lsa to‘ydan so‘ng bo‘lsa ham albatta vaqt topaman. Bundan tashqari ustozim Ravshan Namozov, bastakor Eldor Qayumovlar ham men bilan birga, ular bilan yelkama-yelka turib, ishtirokchilarni keyingi bosqichga tayyorlaymiz. Endi-endi qo‘shiq aytib chiqayotgan vaqtimda menga ishonmasdan sendan qo‘shiqchi chiqmaydi, iste’doding yo‘q, deya tanqid qilganlar ko‘p bo‘lgandi. O‘shanda ustozim Ravshan Namozov menga ishonib, men bilan shug‘ullanib, astoydil harakat qilgandi. Bu ishtirokchilar bilan ustozim ikkalamiz birgalikda ishlaymiz.
“Yangi ovozlar” tanlovidagi ishtirokchilarni o‘zingizning darajangizga olib chiqishingizga ishonasizmi?
— Ishonaman!
 
— Ishtirokchilar orasida o‘zingizdan ham qobilyatlisini ko‘rdingizmi?
— Bunday ishtirokchilar tanlovda juda ko‘p. To‘g‘risini aytsam, aslida o‘zim ham prodyuserlik markazini ochib, san’atga endi qadam qo‘yayotgan yoshlarga homiylik qilmoqchi edim. Bu tanlov yangi ovozlarni o‘zim uchun kashf qilishda ayni muddo bo‘ldi.
 
 


Manba:daryo.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 2768 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Yangi ovozlar, Munisa Rizayeva
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:21
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное