Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Yangi tuqqan ayol o‘z xushtori bilan kelishib, ikki oylik bolasini sotdi


10 oktabr kuni O‘zbekiston fuqarolari o‘zlarining yaqindagina tug‘ilgan qiz farzandini Rossiyaning Voronej shahrida sotayotganida qo‘lga olindi.

Qizaloq 30 ming rubl evaziga sotilayotganda jinoyatchilar huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan ushlangan. Ularga nisbatan odam savdosiga qasd qilish aybi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

8 sentabr kuni 29 yoshli O‘zbekiston fuqarosi qiz chaqaloqni dunyoga keltiradi va hech qanday ro‘yxatdan o‘tkazmaydi. Bu haqda “Uralinformbyuro” xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, bolaning otasi ekanligi gumon qilinayotgan erkak ayolning qonuniy turmush o‘rtog‘i bo‘lmagan.

Qizcha tibbiyot xodimlariga salomatligini nazorat qilish uchun berilgan bo‘lib, shifokorlar qizaloqning ahvoli yaxshi ekanini bildirmoqda.

Go‘dakning badanida hech qanday jarohat izlari yo‘qligi xabar qilindi. Jinoyat ishi bo‘yicha tergov jarayonida suddan ayblanuvchilarni hibsga olishni so‘rash rejalashtirgan.

Zohirshoh Jo‘raev



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 6443 | Рейтинг: 0| Рейтинг: oldi-sotdi, Ayol, chaqaloq, Fohisha
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:55
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное