Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Yerga magnit bo‘roni yopiriladi

Yerni 22–24 fevral kunlari kuchli magnit bo‘roni qoplaydi. Bu haqda “Unian” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2022-yil bahori ham magnit bo‘ronlari bilan boshlanadi. Jumladan, 3-mart kuni faollik kam bo‘ladi, 4-mart kuni esa magnit bo‘roni kuchayadi. Keyingi Quyosh faolligi 11- va 12-mart kunlari kuzatiladi.

Magnit bo‘roni inson organizmiga qanday ta’sir qilishi mumkin?

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, magnit bo‘ronlari, hatto o‘rta kuchga ega bo‘lsa ham, inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 16-yanvarda kutilayotgan “qizil” darajadagi bo‘ronlar hatto elektr nosozligi va aloqa muammolarini keltirib chiqarishi mumkin. Magnit bo‘ronining salbiy ta’sirining eng keng tarqalgan ko‘rinishlari quyidagilar:

  • bosh aylanishi va bosh og‘rig‘i;
  • uyqu buzilishi;
  • diqqatni jamlash bilan bog‘liq muammolar;
  • qon bosimning buzilishi;
  • surunkali kasalliklarning kuchayishi;
  • tana og‘rig‘i, shuningdek, bo‘g‘imlardagi og‘riqlar;
  • ishtaha buzilishi va ko‘ngil aynish;
  • holsizlik hissi.

Mutaxassislar bu kunda inson salomatligidagi o‘zgarishga qarshi kurashish uchun quyidagilarga amal qilishni so‘ragan:

  • yog‘li, achchiq ovqatlar iste’mol qilmaslik;
  • spirtli, energetik ichimlik va qahvani ichishni cheklash, bunday ichimliklarni ko‘k choy bilan almashtirish;
  • kechqurun kontrastli dush qabul qilish;
  • bir hil vaqtning uxlash;
  • kamroq asabiylashish;
  • ochiq havoda ko‘proq vaqt o‘tkazib, piyoda yurish.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1964 | Рейтинг: 0| Рейтинг: bo'roni, magnit
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:15
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное