Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Yoz ifori-Piano [soundtreck]
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
. Sherlock Holmes - soundtreck (offical)
. Muxabbat va Extiros - soundtreck (Offical)
. Kuz ertagi-Piano [soundtreck]
. Oppog'oy Zamonaviy talqinda-Белоснежка.2012 (soundtreck)
. Shamollar Mamlakati - soundtreck love (korea)
. Tabib-Na sarakiyo (soundtreck koreya)
. Bola Uyda yolg'iz-[Один Дома] soundtreck2
. Efir Sirlari - Soundtrack 5
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - In Front Of Your
. Osiyo-Asi [+ soundreck]
. Malikam Endi qara - Ask Laftan
. Ko'sem - Safiye nin cenazi (Turk serial)
. Ayol Qalbi - You can't say (english version)
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

Yodgor Sa’diev «Shaytanat»ning yakuniy qismi nega namoyish etilmaganiga izoh berdi

«Shaytanat» serialining yakuniy 21-qismi «Zo‘r TV» telekanalida namoyish etilmadi. Telekanalning 15 aprelga mo‘ljallangan teledasturlari ro‘yxatidan «Shaytanat» seriali ham joy olgandi. Biroq soat 20:00dan boshlab tomoshabinlar uchun boshqa serial namoyishi boshlandi.

Bu esa turli mish-mishlarga sabab bo‘ldi. Kun.uz muxbiri bunga izoh olish uchun serial rejissyori va bosh rol ijrochisi, O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’diev bilan bog‘landi.
«Biz film namoyishi boshlanishidan avval o‘tkazilgan maxsus telepremerada «Shaytanat» 21-qism bilan tugaydi deb aytgandik, ammo har xil mish-mishlar paydo bo‘ldi. Emishki, «Shaytanat»ning 22, 23 va 24-qismlari ham bor ekan. Bunday gap tarqatayotganlar bilib qo‘yishsin, «Shaytanat» 21-qismda tugaydi.
Ekranlarga chiqmagan yangi 21-qism haqida gapiradigan bo‘lsam, uni katta ekranda namoyish etishni maqsad qilganmiz. Hozir mamlakatda karantin, shu sabab namoyishni keyinroq o‘tkazamiz. Axir bu yangi film, uning namoyishini boshqa filmlar qatori barcha aktyorlar ishtirokida maxsus premerada o‘tkazamiz», dedi Yodgor Sa’diev.
O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik tomonidan o‘tgan asrning 90-yillarida yozilishi boshlangan «Shaytanat» asari jami beshta kitobdan iborat bo‘lib, millionlab nusxada chop etilgan.
Asarda bosh rol - Asadbekni O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’diev ijro etgan. Serial voqealari o‘tgan asrning 80-yillarida bo‘lib o‘tadi va undagi qahramonlarning barchasi to‘qima obraz ekani aytilgan.
90-yillar oxirida Yodgor Sa’diev rahbarligidagi «Qalqon» studiyasi tomonidan ishlangan «Shaytanat» seriali 20-seriyada to‘xtab qolgan va serial 20 yil mobaynida televideniega qaytarilmagan.
Serialning 21-qismi uzoq yillar avval suratga olingan, ammo shu vaqtgacha hech qaerda namoyish etilmagan.


Manba:aniq.uz
Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 20475 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Yodgor Sa’diev, Shaytanat
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:34
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное