Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Yosh 40 dan oshganidan keyin amal qilish kerak bo‘lgan odatlar
40 yoshdan keyin nafaqat salomatlik balki ruhiy holat ham me’yorida bo‘lishiga e’tibor qaratish, turli muammolar kelib chiqmasligi hamda faol hayot kechirish uchun organizm haqida qayg‘urish kerak.


Haddan ortiq ko‘p uxlash

Uyquning yetarli emasligi gormonal, hazm jarayoni bilan bog‘liq muammolar va depressiya bilan bog‘liq ekani sabab ham 8 soatdan kam bo‘lmagan uyqu muhim sanaladi. Yotoqxona qorong‘i va salqin bo‘lishi kerak.

Ko‘proq suv ichish

40 yoshdan keyin metabolizm sekinlashgani sabab ham suv ichishni kanda qilmaslik kerak. Kun davomida 1-2 litr suv ichishingiz qiyin bo‘lsa, tarkibida suyuqlik ko‘p bo‘lgan meva va sabzavotlar: pomidor, tarvuz, bodring, bulg‘ori qalampiri va ko‘katlar iste’mol qiling.

Jismoniy mashqlar

35 yoshdan keyin mushaklar bo‘shashadi, suyaklar esa mo‘rtlasha boshlaydi. Bu o‘zgarishlarga qarshi tura olish uchun esa hech bo‘lmaganda haftada bir marta sport bilan shug‘ullanish kerak.

Ko‘proq oqsil

Ratsioningizda metabolizm va mushaklar mustahkam bo‘lishida muhim rol o‘ynaydigan oqsil bo‘lishiga e’tibor qarating.

Ko‘rikdan o‘tish

Har sakkizinchi ayol duch kelishi mumkin bo‘lgan ko‘krak saratonini o‘tkazib yubormaslik uchun muntazam ravishda mammogramma tekshiruvidan o‘tib turish kerak. Qolaversa, kasallikdan darak berishi mumkin bo‘lgan har qanday simptomlarga befarq bo‘lmaslik kerak.

Yurak salomatligi haqida qayg‘uring

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra har uchinchi ayol yurak xurujidan vafot etadi. 40 yoshdan keyin esa yurak bilan bog‘liq muammolar ko‘p kuzatiladi. Aynan shu sabab ham muntazam ravishda kardiogramma qildirib turish va ko‘rikdan o‘tish kerak.

Teri ahvoliga e’tiborli bo‘ling

40 yoshdan keyin teridagi turli xol va dog‘larni ko‘zdan kechirib turish, shuningdek, nafaqat yoz, balki boshqa fasllarda ham quyoshning ultrabinafsha nurlaridan himoyalanib yurish kerak.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3697 | Рейтинг: 0| Рейтинг:
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:59
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное