Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Yosh onalarga 8 tavsiya

Tabriklaymiz! Sizga dunyodagi eng buyuk baxt nasib etibdi. Ona atalmish sharafli nomni olish bilan birga, endi siz nozik yelkangizga farzand tarbiyasi hamda parvarishi kabi zalvorli yukni oldingiz.
 
1.Go‘dak uchun bebaho ozuqa
Ona suti tarkibida chaqaloqqa zarur bo‘ladigan vitaminlar va oziqlantiruvchi moddalarning barchasi mavjud. Bundan tashqari, u bolani har xil kasalliklardan asrovchi immun faktorlarni ham o‘z ichiga olgan bo‘lib, sutning harorati ham chaqaloqning ovqat hazm qilishini yengillashtiradi. Farzandingizga ko‘krak tutishda gigiena qoidalariga amal qilishni unutmang.
2.Bola uchun qulay sharoit yarating
Bolaning yotog‘i deraza yoki devorga yaqin joyga qo‘yilmasin. Muhimi, xonada yelvizak bo‘lmasa bas. Bola uxlayotganida unga quyosh nurlarining to‘g‘ri tushishidan himoyalash kerak. Xonani muntazam ravishda shamollatib turish lozim, chunki bolalar kattalarga nisbatan kislorodga ko‘proq ehtiyoj sezadi. Xona namligini normal holatda ushlab turish uchun biror idishda suv bo‘lishi kerak.
3.Kiyim masalasi...
Chaqaloqqa kiyim tanlaganingizda e’tiboringizni faqat tabiiy matolarga qarating. Bolani juda ham issiq o‘ramang, chunki u ko‘p terlaydi. Bu o‘z navbatida injiqlik yoki ovqat yemasligini yuzaga keltirishi mumkin. Shuning uchun unga yengil va uncha issiq bo‘lmagan ko‘rpa xarid qiling. Bolaga yostiq kerak emas. Bolaning ozodaligiga e’tibor bering. Nam sochiqchalar sizga ozodalik borasida benazir yordamchilar bo‘lishi shubhasiz.
4.Chiniqtiruvchi muolajalardan voz kechmang!
Havo yoki quyosh bilan chiniqtirish kabi muolaja turlari bilan qo‘shimcha ravishda suv yordamida chiniqtirishni muntazam o‘tkazib borish foydadan holi bo‘lmaydi. Bolani nam sochiq bilan artish ham chiniqtirishning bir turi hisoblanadi. Bunda momiq yoki tabiiy matoli boshqa maxsus sochiqlardan foydalanish zarur. Avval qo‘llar, oyoqlar, orqadan boshlab, so‘ng sekin-asta butun badani artib chiqiladi.
5.Uyqu — bolani rivojlantiradi
Yangi tug‘ilgan chaqaloqning uyqusi bir sutkada 16-18 soatni tashkil etadi. Erkin holatdagi uyqu bolaning suyak tizimini yaxshi rivojlantiribgina qolmay, balki uning organizmiga ham yaxshi ta’sir etib, kislorod bilan ta’minlashni ham yaxshilaydi. Harakatsiz yotish oqibatida muloqot qilish qobiliyati cheklanadi va faolligi sustlashadi.
6. Sayrga chiqish — rohat!
Bolani iloji boricha har kuni sayrga olib chiqish lozim. Sayr bolani chiniqtirish bilan birga atrof-olamga bo‘lgan qiziqishini ham oshiradi. Maslahatimiz, to‘g‘ri tushadigan quyosh nurlaridan asrang. Imkon qadar, sayr vaqtlarini ertalabki soat 9-11, kechki sayrni esa soat 15-17 oralig‘ida qilishga odatlaning. 
7. O‘z sog‘lig‘ingizga befarq bo‘lmang!
Bolani ko‘krak suti bilan boqishga qaror qilgan ona to‘yib uxlashi, to‘laqonli ovqatlanishi, muntazam ravishda ochiq havoda sayr qilishi lozim. Ushbu shartlarning bajarilishi bolaga zarur miqdordagi sutni yetkazib berish imkonini beradi.
8. Ilk kunlardanoq mustaqillikka o‘rgating!
Go‘dak uch oyligidan boshlab tashqi dunyo bilan tanisha boshlaydi. Shu vaqtdan uni mustaqil bo‘lishga o‘rgatish lozim. Bolasi  uyg‘onishi bilanoq ona u bilan o‘ynaydi, gaplashadi, ko‘tarib erkalatadi. Bola bu holatga tezda o‘rganib qoladi, endi charchagan ona uni o‘tqazib qo‘yganida yig‘lab, onasiga “ko‘tar” deb xarxasha qiladi. Bolani o‘ynatishni  uxlashidan oldin boshlagan ma’qul. Shunda u uyqudan  oldin charchaydi va davomli muloqotni talab qilmaydi.


Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 3951 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Yosh onalar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:45
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное