Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Yoshlar yetakchilari “Vestminster” universitetida o‘qiydi


Xalq ta’limi vazirligi tashabbusi bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti hamkorligida yoshlar yetakchilari uchun ilk marotaba innovasion seminar treninglar tashkil etildi. Bu haqda XTV Matbuot xizmati xabar berdi.

Kecha, 16 oktabr kuni O‘zbekistonning turli hududlaridan kelgan 28 nafar yoshlar yetakchilari uchun seminarlar bo‘lib o‘tdi.

Loyiha ochilishida O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Alisher Sa’dullaev, loyiha koordinatorlari o‘quvchi-yoshlar bilan ishlash boshqarmasi xodimlari Akobr Abdullaev, Sheroz Narzullaev va Gavhar Sadullayevalar ishtirok etib, kutilayotgan loyihalar, maqsad va rejalar haqida yetakchilarga ma’lumot bergan.

BMTning Aholishunoslik jamg‘armasining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha loyihalar treneri Venera Ermetova hamda Nestle Uzbekistan kompaniyasining jamoatchilik bilan aloqalar va korporativ savollar bo‘yicha menedjeri FMCG (fast moving consumer good) sohasida katta tajribaga ega bo‘lgan mutaxassis Nigora Oqilova olib borgan.

Zohirshoh Jo‘raev



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3026 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Yoshlar yetakchilari, Yoshlar ittifoqi, Vestminster
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:17
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное