Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Yulduz Rajabova Instagram’da qo‘pol izoh qoldiradigan yigitlardan nolidi


Aktrisa Yulduz Rajabova Instagram’da qo‘pol izoh qoldiradigan yigitlardan nolidi, deya xabar bermoqda “Darakchi.uz”.

“Tong xayrli bo‘lmaydi, — deb yozadi aktrisa. — Rostini aytsam, meni insonlarning mana shunday reaksiyasi hayratga soladi. Qiziq, ularning muammosi nimada? Nafaqat menda, balki ko‘pchilikda bunaqa xunuk izohlarga duch kelyapmiz. Yoki hammasini belgilab, ko‘rsatish kerakmikan? Qiziq, bu insonlar o‘zlari yozgan izohni qaytib o‘qirmikan? Yoki shunchalik terilari qotganmikan? Qiz bolami u, o‘g‘il bolami — anglab bo‘lmaydi. Nahotki shu darajada “tarbiyali” bo‘lishsa, yana “o‘zbeksan-u, ruscha yozib nima qilasan?” degan izohlarning siyqasi chiqib ketgan. Hurmatli do‘stlar, Ollohimga shukur tillarni bilamiz va qaysi tilda izoh qoldirishni, maylimi o‘zimiz hal qilsak… Insonni hurmat qilib birinchi sizlashni o‘rganish kerak… Sizlashni xohlamaysizmi? Qaysidir insonni xushlamaysizmi? A unda Instagram tarmoqlarida uni o‘qimang. Bitta (leviy) profil ochvolib, qo‘rqoqqa o‘xshab izohlar qoldirmang. Juda ham achinarlisi, bu ishni ko‘pincha yigitlar qilmoqda. Biz aqllimizmi, aqlli emasmizmi — bu muhim emas! Muhimi sizlar aqlli bo‘lsangiz bo‘lgani”.



Manba:daryo.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 4076 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Instagram, Yulduz Rajabova
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:41
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное