Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Yulduz Usmonovadan Lobodagacha: Toshkentda kutilayotgan konsertlarning chipta narxi qancha?

San’at ixlosmandlariga qulaylik yaratish maqsadida yaqin kunlarda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan konsert dasturlari haqida ma’lumot berishga qaror qildik.

Jamshid Normatov

12-fevral kuni “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida qiziqchi Jamshid Normatov “Yangi toshkentlik” nomli konsert dasturini taqdim etadi. Konsert chiptalari 20 000—250 000 so‘mgacha bo‘lgan narxda sotuvga chiqarilgan. Konsertga oz qolgan bo‘lsa-da, chiptalarni topish muammo emas.

Imron

 

“Yomon qiz”ni yaxshi ko‘radigan Imron 13—14-fevral kuni “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida yakkaxon konsert dasturini o‘tkazadi. Chiptalar 20 000—250 000 so‘mgacha bo‘lgan narxda sotuvga chiqarilgan. Konsert chiptalari deyarli sotib bo‘lingan, ammo topish muammo emas.

Gala-konsert

Xotin qizlar bayrami arafasida ko‘plab gala-konsertlar tashkil etiladi. Ulardan biri 28-fevral kuni “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida bo‘lib o‘tadi. Konsert chiptalari 30 000—120 000 so‘mgacha bo‘lgan narxda sotilmoqda. Cho‘ntagingiz ko‘tarishiga qarab, istalgan joydan chipta xarid qilishingiz mumkin. Bu konsertga chipta topish muammo emas.

G‘ulomjon Yoqubov

O‘zbekiston xalq artisti G‘ulomjon Yoqubovning bu yilgi konserti 1-mart kuni “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida bo‘lib o‘tadi. Konsert chiptalarini 25 000—250 000 so‘mgacha bo‘lgan narxda xarid qilishingiz mumkin.

Konsert tashkilotchilarining ta’kidlashicha, old qator chiptalari allaqachon sotib bo‘lingan. Chunki xonandaning muxlislarini yoshi ulug‘ insonlar tashkil etgani bois farzandlari old qator chiptalarini sovg‘a sifatida xarid qilishgan. Hozircha o‘rta va orqa qator chiptalarini topish muammo emas.

“Sen aziz va muqaddassan, ayol”

Rejissor Sa’dulla Abdullayev tomonidan 24-yildan buyon o‘tkazilayotgan “Sen aziz va muqaddassan, ayol” konsert dasturi bu yil 3-4-5-mart kunlari “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida bo‘lib o‘tadi. Konsert chiptalari 35 000—300 000 so‘mgacha bo‘lgan narxda sotuvga qo‘yilgan. Kechki seans chiptalari allaqachon sotib bo‘lingan. Shu bois tashkilotchilar 4—5-mart kunlari kunduzgi seanslarni ham tashkil etishdi. Hozircha kunduzgi seanslarga chiptalar bor.

Yulduz Usmonova

Primadonnaning bu yilgi konserti 10—25-mart kunlari “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida bo‘lib o‘tadi. Uning navbatdagi 16 kunlik konsert dasturiga tayyorgarliklar avjida. Konsert chiptalari 35 000—350 000 so‘mgacha bo‘lgan narxda sotuvga qo‘yilgandi. Ammo kassada o‘tirgan ayol pastki qatorda chipta qolmaganligini aytdi.

Konsert tashkilotchilarining aytishicha, biletlar uch oy avval sotuvga chiqarilgan. Shu bois hozir old o‘rinlardan chipta topish muammo. Ammo saroy atrofidagi “qora bozor”da chiptalar hamisha topiladi. Xususan, Yulduz Usmonovaning konserti chiptalarini 150 000—500 000 so‘mgacha bo‘lgan narxda sotib olishingiz mumkin.

Ozoda Nursaidova

Ozoda Nursaidova 9—16-may kunlari “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida “Tasalli ber” nomli konsert dasturini o‘tkazadi. Chiptalar 25 000—300 000 so‘mgacha bo‘lgan narxda sotilmoqda. Hozircha konsertning istalgan kuniga chipta topish mumkin.

Fevral va mart oylarida ko‘plab xorij san’atkorlari ham yurtimizda mehmon bo‘lib, konsert berishadi. Xo‘sh, ularning konsert chiptalari qanchadan sotilyapti?

Monatikning konsert dasturi 14-fevral kuni Humo Arena’da bo‘lib o‘tadi. Konsert chiptalari 80 000—750 000 bo‘lgan narxda sotilyapti.

Lolitaning konserti esa 16-fevral kuni “Turkiston” san’at saroyida bo‘lib o‘tadi. Uning konsertiga borish uchun chiptalarni 150 000—1 200 000 so‘mgacha xarid qilishingiz mumkin.

5-mart kuni Humo Arena saroyida Bastaning konsert dasturi bo‘lib o‘tadi. Chiptalar biroz qimmat. Eng arzon chiptani 350 000 so‘mga, eng qimmatini esa 900 000 so‘mga xarid qilish mumkin.

26-mart kuni Humo Arena saroyida Maks Korjning konsert dasturi bo‘lib o‘tadi. Chiptalar 100 000—550 000 so‘mgacha bo‘lgan narxda sotilmoqda.

28-mart kuni rus estradasining yana bir vakili Loboda Humo Arena saroyida konsert dasturini namoyish etadi. Konsert chiptalari 50 000—900 000 so‘mgacha bo‘lgan narxda sotilmoqda.



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 2237 | Рейтинг: 0| Рейтинг:
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 06:09
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное