Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Yuridik kollejda kursdoshini pichoqlagan o‘smir o‘zini IIBga topshirdi


6 oktabr kuni Toshkent shahridagi kasb-hunar kollejlaridan birida bir nafar shaxsning o‘limiga sabab bo‘lgan baxtsiz hodisa yuz bergani haqida xabar bergan edik.

Toshkent yuridik kollejida sodir bo‘lgan mudhish voqea ishtirokchisi, kollej o‘quvchisi Saidkamron Saidvohidov ikki kursdoshini pichoqlaganidan keyin o‘sha kunning o‘zida ichki ishlar organiga borib o‘zini topshirgani haqida ishonchli manbaalarimiz xabar berdi.

Biroq ko‘pchilik OAVlar kursdoshlarini pichoqlagan o‘quvchi yashiringani va ichki ishlar xodimlari tomonidan o‘rtog‘ining uyida qo‘lga olingani aytilmoqda. Bundan tashqari, Saidkamron Saidvohidov qo‘lga olinish jarayonida joniga qasd qilishga uringani haqida xabarlar tarqaldi.

Tahririyatimiz gumonlanuvchining yaqin do‘sti bilan bog‘lanib, voqeaga aniqlik kiritishga urindi. Bunda uch nafar kollej o‘quvchilari kollej oshxonasida arzimagan masalada tortishgan, Saidkamron Saidvohidov Rahmatilla Yorqoriev bilan tortishgan va uni pichoq yordamida qo‘rqitmoqchi bo‘lgan, to‘satdan pichoq Rahmatilla Yorqorievning oyog‘iga sanchilgan. Bu holatni ko‘rgan Asadbek Parpiboyev Saidkamron Saidvohidovga tashlangan va uning chap soni pichoq sanchilgan.

Asabdek Parpiboyev “chap son yuqori uchligiga sanchilib kesilgan jarohati, faol qon ketishi” tashxisi bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bolalar bo‘limiga yotqizilgan va olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan.

Voqeani tasvirlab bergan “manbaa”ning aytishicha Saidkamron Saidvohidov hech qanday giyohvandlik vositalari ta’sirida bo‘lmagan. Biroq ushbu ma’lumot ekspertiza natijasida aniqlanadi.

Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Saidkamron Saidvohidovga nisbatan JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandiga asosan jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish aybi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

7 oktabr kuni prezident devoni, Adliya, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari mas’ullari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, unda birinchi yuridik kollej direktori Natalya Temirovani “2-darajali adliya maslahatchisi” martabasidan mahrum qilish, lavozimidan bo‘shatishga qaror qilingan edi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tergov-surishtiruv harakatlari Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan olib borilmoqda.

Avvalroq, Toshkent shahridagi birinchi yuridik kollejining sobiq bitiruvchisi Akmal Abdurahmonov 28 iyun kuni kechki payt Yunusobod tumanidagi Qoshg‘ar massivi (S-4) hududida boshiga berilgan zarb natijasida vafot etgan edi.

Zohirshoh Jo‘raev



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 5042 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Yuridik kollej
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:19
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное