Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ko'sem - Safiye nin cenazi (Turk serial)
. Qirolicha - Stakan Version
. Efir Sirlari - Soundtrack 2
. Merlin-Soundtreck
. Ko'sem - Soundtreck (Turk serial)
. Samomiy Ishq-soundtreck
. Ayol Qalbi - True Love
. Qaqnus - Mal De music
. Kelin - Soundtreck (Hind serial)
. Sa Rasta Rastare-soundtreck (Indea)
. IRIS-soundtreck [New 2012]
. Qirolicha - Soundtreck (slow version)
. Pazanda - Did You Forget (Soundtrack)
. Tabib-soundtreck (koreya)
. Великолепный Век-Soundtreck 2
Главная » Файлы » ISLOM VA DIN HAQIDA

Zakot kimlarga, qachon va qancha miqdorda beriladi?


Zakot – islomning beshta arkonidan biri. U ham imon keltirish, namoz o‘qish, ro‘za tutish va haj qilish kabi muhim farzdir.

Xo‘sh, zakot kimlarga, qachon va qancha miqdorda berilishi kerak?

O‘zbekiston musulmonlar idorasi fatvo bo‘limi mutaxassisi Hikmatillo Toshtemirov shu va boshqa savollarga javob sifatida o‘z ma'lumotlari bilan bo‘lishdi.

“Zakot” arabcha so‘z, “baraka”, “o‘sish” va “poklash” ma'nolarini bildiradi. Shariatimiz istelohida zakot – nisob miqdoridagi mol-mulkka ega bo‘lgan balog‘atga yetgan, aqli raso musulmon kishi bir yil o‘tgandan keyin molining qirqdan birini (2,5 %i) muhtoj kishilarga mulk qilib berishidir.

Zakot hijratning ikkinchi yili Ramazon ro‘zasi bilan ketma-ket farz bo‘ldi. Uning farzligiga Qur'on oyatlari, hadisi shariflar va ummatning ijmosi dalildir.

Qur'oni Karimning yigirma sakkiztasi namoz bilan birga zikr qilingan. Shu e'tibordan zakotning martabasi namozning martabasi bilan tengdir. Demak, musulmon inson namoz bilan zakotning orasini ajratmaydi. Bu haqda Alloh Taolo Qur'oni karimda shunday degan: “Namozni to‘kis ado qilinglar, zakotni beringlar va Rasulga itoat qilinglar, shoyadki, rahm qilinsangiz” (Nur surasi, 56-oyat).

Zakoti berilgan mol har qanday balo va ofatlardan saqlanishi haqida Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan shunday rivoyat qilganlar: “Mollaringizni zakot (berish) bilan saqlangiz...” (Imom Abu Dovud rivoyati).

Abu Hurayra raziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar: “Qachon molingizning zakotini ado qilsangiz, albatta, zimmangizdagi burchni bajaribsiz”, dedilar (Imom Termiziy rivoyati).

Zimmasiga zakot farz bo‘lgan kimsa uni kechiktirmasligi kerak. Chunki, zakot faqirlarning haqqi bo‘lib, uni bermasdan o‘zida ushlab turish mumkin emasdir. Imom Muhammad rahmatullohi alayh: “Zakotni qasddan bermay kechiktirib yurgan kishining guvohligi qabul qilinmaydi” deganlar.

Zakot berish mol-mulkka baraka kirishiga sabab bo‘ladi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam marhamat qiladilar: “Mol-mulk sadaqa qilish bilan zinhor kamaymaydi” (Imom Termiziy rivoyati).

Nisob – shariatda kishini boylik darajasiga olib chiquvchi miqdordir. Bu miqdor dinimizda 85 gr. tillo yoki uning qiymatidagi qog‘oz pullar va tijorat mollari bilan belgilangan.

Chorva mollaridan tuya, sigir, qo‘y-echki va (faqat urg‘ochi otlar yoki erkak-urg‘ochisi aralash) otlardan zakot beriladi va ularda ham nisob bor. Tuyalar 5 taga, sigirlar 30 taga, qo‘y-echkilar 40 taga yetsa ular nisobga yetgan bo‘ladi va zakot chiqariladi.

Dala-dashtda o‘sadigan dehqonchilik mahsulotlari yomg‘ir, daryo suvlaridan suv ichsa, chiqqan mahsulotni (xarajatlarni chiqarib tashlamasdan turib) o‘ndan biri (10%i), suvi pulli yoki mehnat evaziga chiqadigan bo‘lsa, yigirmadan biri (5%i) beriladi.

Hovlidagi mahsulotlardan ushr berilmaydi. Kishi yuqoridagi nisobga ega bo‘lishi bilan zakot bermasa-da, zakot, fitr, fidya va boshqa sadaqalarni ola olmaydi. Nisobga ega bo‘lgandan keyin bir yil o‘tgach zakot berish farz bo‘ladi. Zakotni hisoblaganda uy-joyi, uy anjomlari, kiyim-kechagi, minib yurgan ulovi (avtomashina) va kasb dastgohlarini hisobga qo‘shmaydi. Bularni dinimizda hojati asliya, ya'ni eng kerakli narsalar, deb hisoblanadi.

Har yili O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan xalqimizga yengillik bo‘lishi uchun nisob miqdorining so‘mdagi qiymati belgilanadi. Joriy yilda nisob miqdori 17 mln. so‘m etib belgilandi. Demak, kimning tilla, kumush, milliy va chet el valutalari, tijorat mollarining qiymati jamlanganda 17 mln. so‘mga yetsa uning moli zakot nisobiga yetgan bo‘ladi. Chorva mollari tilla, qog‘oz pul va tijorat mollariga qo‘shilmasdan alohida hisoblanadi. Mana shu qiymat bir yilgacha kamaymasa, kelasi yil zakot berish farz bo‘ladi. Chorva mollari yilning aksar qismida, ya'ni, 6 oydan ko‘prog‘ida dalada o‘tlab yurgan bo‘lishi kerak. Yilning aksar qismida qo‘lda boqiladigan hayvonlardan zakot berilmaydi. Tijorat uchun boqilayotgan bo‘lsa, qiymati hisoblanib umumiy mablag‘ga qo‘shiladi.

Zakotni muhtoj kishining qo‘liga mulk qilib berish lozim. Ya'ni, zakotni yo‘l, masjid qurish yoki odamlarning oldiga taom tortiq qilish bilan ado qilib bo‘lmaydi. Bir kishi qarzdorga:”Zakotimning hisobiga sendagi qarzimni kechdim”,- desa, zakot ado bo‘lmaydi. Chunki bu holatda zakotni qo‘liga mulk qilib berish sharti topilmaydi. Agar zakotni qarzdorga bersa, keyin u zakot beruvchiga o‘z ixtiyori bilan qarzini ado etsa durust bo‘ladi.

Zakotni ajratayotgan yoki muhtojga beradigan paytda bu molimning zakoti, deb niyat qilish shart. Lekin oluvchiga bu zakot, deb aytish shart emas.

Zakotni nisob miqdoricha moli bo‘lgan kishiga, ya'ni boy kishi va uning balog‘atga yetmagan farzandlariga, o‘z ota-onasi, bobo-momosiga, o‘g‘il-qizlariga va ularning farzandlariga, er-xotin bir-biriga berishi mumkin emas. Zakot, fitr, fidya kabi vojib sadaqalarni o‘zga din vakillariga berib bo‘lmaydi.

Zakotni faqirga (qarzi yo‘q, lekin nisob darajasida mablag‘i yo‘q kishi), miskinga (bir kunlik taomidan boshqa hech narsasi yo‘q kishi), qarzdorlarga, Alloh yo‘lida yurganlarga (haj uchun yo‘lga chiqib puli yetmay qolgan kishi, tolibi ilmlar), musofirlarga (o‘z yurtida boy bo‘lsa ham, o‘zga yurtda pulsiz qolgan kishi) beriladi.

“Fatovoi hindiya” kitobida shunday deyilgan: “Zakot va fitrni berishda eng afzali avvalo aka-uka, opa-singillar hisoblanadi. So‘ng – ularning farzandlari. Ulardan keyin amaki-ammalar, so‘ng – ularning farzandlari. Tog‘a-xolalar va ularning farzandlari, so‘ng – yuqoridagilardan tashqari qarindoshlar. Ulardan keyin qo‘shnilar, kasbdoshlar, keyin hamshaharlar yoki qishloqdoshlar haqlidirlar”.

“Bahrur roiq” kitobida: “Qarzi bor kishiga zakot berish faqirga zakot berishdan ko‘ra afzaldir”, deyilgan.

Qarzdor kishining qarzi qo‘lidagi molidan ko‘p bo‘lsa, qo‘lidagi moli o‘ziniki bo‘lmay, haqdorlarniki sanaladi. Undan zakot bermaydi. Agar qo‘lidagi moli qarzidan ko‘p bo‘lib, farazan qarzini chiqarganidan keyin qolgan mol nisobga yetsa, qolgan molidan zakot beradi. “Tijorat mollari” deganda “sotish niyatida olingan har qanday mol-mulklar” nazarda tutiladi. Tijorat mollaridan zakot chiqarishda o‘sha kundagi qiymati qancha bo‘lsa, shu qiymatning hisobidan zakot chiqariladi. Uning qanchaga sotib olgani yoki kelgusida qanchaga sotilishiga qarab hisoblanmaydi.

Tillo taqinchoqlardan tilloning o‘zi zakot qilib berilsa, taqinchoqlarning vazniga qarab zakot chiqariladi. Masalan, 100 gramm tillodan 2,5 gramm tillo zakotga beriladi. Agar taqinchoqlarning zakotini pul bilan beriladigan bo‘lsa, taqinchoqlarning bozordagi qiymatiga qarab zakot chiqaradi (Manba: “Raddul muhtor”).

Zakot farz bo‘lgan vaqtda uni ado etmagan bo‘lsa, necha yil o‘tsa ham zakoti zimmasidan soqit bo‘lmaydi.

Ishlab chiqaruvchi korxonalar zakot berishda xomashyo va tayyor mahsulotlarning qiymati hisobga olinadi. Lekin ishlab chiqarish dastgohlari, asbob-uskuna va jihozlaridan zakot berilmaydi.

Ijaraga berilgan bino, do‘kon va ulovlarning qiymatidan zakot berilmaydi. Balki ulardan kelib tushgan mablag‘ tillo, pul va tijorat mollariga qo‘shib hisoblanadi.



Категория: ISLOM VA DIN HAQIDA
Просмотров: 2959 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Zakot
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:51
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное