Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Zarina Nizomiddinova sobiq turmush o‘rtog‘i bilan ajrashganidan buyon u bilan gaplashmasligini ma’lum qildi




Aktrisa Zarina Nizomiddinova jurnalist Jasur Hamroyev bilan Facebook ijtimoiy tarmog‘i orqali o‘tkazilgan suhbatda muxlislarni qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob berdi, deb yozadi “Darakchi.uz”.


Xususan, aktrisa erta turmush qurganidan afsuslanmasligini hamda o‘g‘lining otasi bilan ajrashganidan buyon gaplashmasligini aytdi.

Yoshlik payti odam o‘ylamasdan qaror qabul qilar ekan. Nimagadir, men yosh turmush qurishga qaror qildim. Lekin bundan afsuslanmayman. Yaxshi tomoni, judayam yosh ona bo‘ldim. 19 yoshda farzand ko‘rdim. Hozir 8 yoshli o‘g‘lim bor, 3-sinfida o‘qiydi. Xatolarimdan afsuslanmayman.

Zarina Nizomiddinova, aktrisa


Birinchi turmush o‘rtog‘im meni “Romeo va Julyetta” filmidagi obrazimni ko‘rib yoqtirib qolgan. O‘g‘lim otasi haqida umuman so‘ramaydi. Chunki, uni deyarli ko‘rmagan. Otasi ham hech qachon qo‘ng‘iroq qilib, o‘g‘lining holidan xabar olmaydi. Sababini bilmayman. Biz o‘g‘limning otasi bilan ajrashganimizdan beri gaplashmaymiz. U oilani saqlab qolishga harakat qilgan. Lekin birga yashab ketishimizga mening ko‘zim yetmagan. Bo‘lmaydigan narsani bo‘lmagani yaxshi.

Zarina Nizomiddinova, aktrisa

Mavzuga doir: Zarina Nizomiddinova: Yaxshi ko‘rgan insonim bo‘lganida, allaqachon turmushga chiqqan bo‘lardim
Zarina Nizomiddinova o‘zini xonandalikda ham sinab ko‘rmoqda. Aktrisa  Shahriyor reper bilan birgalikda “Kerakmas” nomli qo‘shiq kuyladi.


Manba:daryo.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 5973 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Zarina Nizomiddinova
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:21
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное