Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

Zayniddin Zidan: Men har doim hissiyotga tayanib o‘ynaganman

Dunyo futboli afsonasi Zayniddin Zidan futbolchilik faoliyatini yodga olib o‘tdi.

"Men har doim hissiyotga tayanib o‘ynar edim. Mudom kuchliroq futbolchi bo‘lish uchun intilardim, ammo barcha o‘yinim har doim miyamda turardi. Keyingi harakatimda nima qilish lozimligini har vaqt his qila olganman. Kelgusi soniyada nima bo‘lishini raqib himoyachisidan oldinroq sezardim.

Ha, men hali faoliyatimni davom ettirsam bo‘lardi. Ammo buning uchun orqaroqda o‘ynashimga to‘g‘ri kelardi. Mening eng kuchli tomonim esa har doim hujum ortida o‘ynash va oxirgi uzatmani berish bo‘lgan. Shu sababli raqib darvozasiga yaqin bo‘lsam o‘zimni yaxshi sezardim.

Menimcha hujumda jamoamga ko‘proq samara keltirganman. Menga golli vaziyatlarni yaratish yoqardi. Bu mening o‘yinim edi. Shuningdek o‘zim gol urishdan ko‘ra jamoadoshlarimga gol urish imkonini yaratib berishni ham ko‘proq yoqtirganman", - deydi Zidan.

 
Manba: www.soccer.ru   


Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 2770 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Zayniddin Zidan
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:08
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное