Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Zelenskiy ayni vaqtda oilasi bilan birga Ukrainadan chiqib ketish ehtimoli yo‘qligini bildirdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy uning oilasi mamlakat hududida ekanligi va ayni vaqtda bu yerni tark etmoqchi emasligini ma’lum qildi, deb yozmoqda “Interfaks”.

“Mening oilam, men bilan va hamisha Ukraina bilan birga qoladi. Men prezidentman, rafiqam shunchaki turmush o‘rtoq emas, u mamlakatning birinchi xonimi. U barchaga oila qiyin pallada o‘zini qanday tutishi kerakligi borasida o‘rnak bo‘lishi lozim... Bu mamlakat va jamiyatimiz uchun juda muhim masala”, – deya jurnalistlar tomonidan Ukrainadan chiqib ketayotgan biznesmenlar va siyosatchilarning oilalari haqida berilgan savolga javob bergan Zelenskiy.

Zelenskiy 13-fevralning o‘zida Ukrainadan 30 ta samolyot uchib ketganini qo‘shimcha qildi.

“Menimcha, Ukrainada ishonchli odamlar qoldi. Ukraina fuqarolari shu yerda va men ularning hammasiga minnatdorlik bildiraman”, – degan Ukraina prezidenti.

Shuningdek, Zelenskiy respublikadan chiqib ketgan biznesmenlar va siyosatchilardan mamlakatga 24 soat ichida qaytishni so‘rab, birlashish vaqti kelganligini qayd etdi.

“Mamlakatimiz menejmentiga, chegara yaqinidagi odamlarga, ayrim partiyalar deputatlariga asosiy e’tiborni qaratmoqchiman, ularni nomma-nom sanamoqchi emasman, ularning qanday odamlar ekanini yaxshi tushunib turibsiz. Bu jiddiy chaqiriq deb o‘ylayman. Biz ularga adolatli signal berishimiz zarur. Avvalo Oliy Radadan, spikerdan, davlatdan va shaxsan o‘zimdan yaqin 24 soat davomida mamlakatdan chiqib ketgan yaqin qarindoshlarni qaytarishga chaqirishni so‘rayman” – degan Zelenskiy.

U nutqi so‘ngida Ukraina uchun muhim palla kelgani, bu mamlakat birlashadigan vaqt ekanligini ta’kidlagan.

Mavzuga doir: “Rossiya Ukrainaga aynan qaysi sanada hujum boshlashini oldindan aytolmaymiz”, — Baydenning yordamchisi

Avval Ukrainadagi vaziyat tufayli bug‘doyning jahon narxlari oshib borayotgani, O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi fuqarolarga murojaat bilan chiqqani, Pentagon AQSh askarlari Ukrainada jang qilmasligini tasdiqlagani, Putin bir kun ichida Bayden, Makron va Lukashenko bilan muzokaralar o‘tkazgani, Avstraliya va Kanada Ukrainadagi vaziyat sabab Kiyevdagi elchixonasini boshqa shaharga ko‘chirayotgani, AQShdan keyin Niderlandiya, Chernogoriya, Yaponiya, Latviya, Buyuk Britaniya va Janubiy Koreya ham fuqarolaridan Ukrainaga bormaslikni so‘ragani, keyinchalik Yangi Zelandiya va Avstraliya o‘z fuqarolarini zudlik bilan Ukrainani tark etishga chaqirgani haqida xabarlar berilgan.



Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 1122 | Рейтинг: 0| Рейтинг:
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:35
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное