Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Ziyodaning qo‘shig‘iga Hilola da’vogarlik qilgandi, biroq






Muhabbat, ayrilik, vafo mavzularidagi mahzun qo‘shiqlar bilan tilga tushgan xonanda Hilola Hamidova anchadan buyon yangi qo‘shiqlarini ommaga taqdim etmayotgan edi. Yangi yo‘nalish, yangi imij, yangi janrlarda o‘zini sinab ko‘rmoqchi bo‘lgan xonanda va nihoyat o‘zini topdi. Balki, bunday deyishga biroz ertadir, biroq uning yangi qo‘shig‘i xonandaning avvalgi qo‘shiqlaridan ajralib turadi.
 
Hamidova ovozi bor, jonli ijroda bemalol kuylay oladigan, ustoz ko‘rgan xonandalar. Uning qo‘shiqlarida ma’no bor. Ming afsuski, bugungi shou-biznesga bular ko‘plik qiladi. Zotan ovozi bo‘lmay turib, reklamaning kuchi bilan oshig‘i olchi bo‘lib yurganlar talaygina.
 
Bir vaqtlar O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ziyoda Qobilovaning “Jim-jim” nomli qo‘shig‘iga da’vogarlik qilgan Hamidova bu qo‘shiqni kuylashga biroz kechikdi. Qo‘shiq Ziyodaga omad keltiryapti. U esa bugun tinglovchilari e’tiboriga havola etmoqchi bo‘lgan sho‘x qo‘shig‘i omad olib kelishidan umidvor.
 
Xonanda bugun muxlislariga odatdagidek mahzun taronani emas, sho‘x qo‘shiqni taqdim etish tadorigini ko‘rgan. Hilola Hamidovaning saytimiz orqali premera qilinayotgan qo‘shig‘i “Sog‘indim” deb nomlangan bo‘lib, uning she’ri va musiqasi Bahodir Nizomovga tegishli. Musiqiy sayqalni esa Umid Obidov bergan.
 


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 3692 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Ziyoda
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:03
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное