| Shamollarda sinmading lolam,Bo'ronlarga dosh olding
 Qor tagida qolganda olam,
 Ko'zlarimda yosh bo'lib qolding
 Titrayverdim sovuqdan yupon,
 Izg'irinda tentirab yurdim
 Seni qamrab oldi qor quyub,
 Yonginangda tikilib turdim
 
 Lolajon meni lolam,
 Seni sig'dirolmadi nahot keng yorug' olam
 Lolajon meni lolam,
 Bizga torlik qildi hammaga keng bu olam
 
 Nechun mendek bir bag'ritoshni,
 Yagonamsan mardimsan deding
 Qahritongdan qo'rqqan bardoshni,
 Unutilmas dardimsan deding
 Lolam meni kechirgin lolam,
 Gunohkorman seni yoningda
 Qor tagida qolganda olam,
 Asrolmadim seni bag'rimda
 
 Lolajon meni lolam,
 Seni sig'dirolmadi nahot keng yorug' olam
 Lolajon meni lolam,
 Bizga torlik qildi hammaga keng bu olam
 
 Lolajon meni lolam,
 Seni sig'dirolmadi nahot keng yorug' olam
 Sog'indim ko'rgim keladi, Bizga torlik qildi hammaga keng
 NuR |