Hayotimda kimlar kelib ketdilar,
Qalbimda sevgingla yolg'iz sen qolding.
Yolg'on ersa gar boshqa sevgilar.
Shu kecha hayolim yana sen olding.
Sevgini ovunchoq etar beboshlar,
Unutdim derkanu yangisin boshlar,
O'tmishni eslasam ko'zimda yoshlar,
Shu kecha hayolim yana sen olding.(2+)
Men uchun sen hamon farqlisan ishon,
Har joyda hotirang qalbimda yarang,
Seni unutmadim yillardur bir on,
Shu kecha hayolim yana sen olding..
Sevgini ovunchoq etar beboshlar,
Unutdim derkanu yangisin boshlar,
O'tmishni eslasam ko'zimda yoshlar,
Shu kecha hayolim yana sen olding.(2+)
|