| Do’st 
 1-kuplet:
 Dunyo azal-azaldan o’zi shu ekan
 Quvonch hamda qayg’u yonma-yon yurarkan
 Yetti yod begonada kutarsan ammo
 Yaqining xiyonati boshing egarkan
 
 Naqarot:
 Do’stni do’stidan ayirmasin hech
 Yurak dars etsa agar kech bo’ladi kech
 Do’sti do’stiga ahdida tursin
 Yaxshi-yomon kunda ham yonida bo’lsin
 
 Vos kechmagin do’stingdan oson
 Eng yomoni shubha-yu gumon
 Munosabatlar aro, do’st, do’st
 Vos kechmagin do’stingdan oson
 Sinovlarda sinalar inson
 Besabab ketma ayro, do’st, do’st.
 
 2-kuplet:
 Buni hayot deydilar shu ekan taqdir
 Havas aylar kimdir, hasad qilar kimdir
 Qadrdoning ko’ngli sof bo’lsa doimo
 Sadoqat bir lahzaga tark etmas axir
 |