Bo'lgan ekan bir malika go'zal 
 Ta'rif etishga ojizdir g'azal, 
 Sevib qolibdi bir yigitni 
 Tushda ko'rib bildi afzal. 
 Kunlar birida yigit ko'rdi tush 
 Unda malika jilmayar homush, 
 Sevib qolibdi malikani 
 Yo'lga tushdi manzil olismish. 
 Naqorat: 
 Muhabbat g'olib bo'ladi ishongin faqat 
 Muhabbat g'olib bo'ladi etsa bir toqat, 
 Hayotimiz ham bir ertak 
 Muhabbatga yetishsin yurak. 
 Yo'lda yigitga dev duch keldi 
 Jang etib yigit devni yengdi, 
 Sevgisi uchun sahrolarda 
 Oq tulporda kelar endi. 
 Yetib keldi u go'zal saroyga 
 Malika turar o'xshab oyga, 
 Yetdi murodga sevgan dillar 
 Yomonliklar oqdi soyga. 
 Naqorat: 
 Muhabbat g'olib bo'ladi ishongin faqat 
 Muhabbat g'olib bo'ladi etsa bir toqat, 
 Hayotimiz ham bir ertak 
 Muhabbatga yetishsin yurak