Yolg'z bo'lib keldim dunyoga 
 Yolg'z bo'lib ketaman yana, 
 Ammo yashayotgan umrimda 
 Tanho bo'lib yashamay hudo 
 Ahir sevgisiz bemazmun bu dunyo. 
 To'xtamasdan o'tar laxzalar 
 Daqiqa soatga aylanar, 
 Hayolimda gohon o'ylayman 
 Bu dunyoda men o'zim uchun 
 Nima qildim, to'xta hayot bir zum 
 Naqorat: 
 Menga imkon ber hayot 
 Sen menga imkon ber hayot, 
 Yashashimga, kuylashimga 
 O'tmagin ko'z ochib yumsam. 
 Kapalak bir kun yashasa ham 
 Hech qachon qilmas u yana, 
 Unga mehrini berar gullar 
 Mendagi esa bedor tunlar 
 Qachon o'tar, baxtim qachon kelar. 
 Naqorat: 
 Menga imkon ber hayot 
 Sen menga imkon ber hayot, 
 Yashashimga, kuylashimga 
 O'tmagin ko'z ochib yumsam. 
 Men hali aytmagan qo'shiqlar 
 Yuragim tubida yosh to'kar, 
 Ularni kuylashga 
 Ber imkon hayot.