| Sog’inchim 
 Men sog’inaman vafodorim
 To’la nur-u zar nigohingni
 Doim rost izhoringni
 Men sog’inaman, yorug’im
 Qaraganda kulganingni
 Men sog’inaman vafodorim
 Kamnamo go’zal diydoringni
 Yolg’izman nega so’rab kelmaysan
 Nega kelmaysan, u-u-u…
 
 Naqarot:
 Sog’inchim umrga teng
 O’zingsan yoqqan eng
 Yo’q sendan o’zga
 Yo’l topgan dilimga
 Sog’inchim umrga teng
 O’zingsan yoqqan eng
 Kutaman so’nmay
 Sevaman ertakday
 
 Men ovunaman yoding etib
 Ko’ngilga sig’mas armonlarda
 Ko’rinmas olamlarda
 Men ovunaman kun o’tib
 Seni eslab kuylarimda
 Men ovunaman hayron bo’lib
 Hali ham yashab ertaklarda
 Yolg’izman nega so’rab kelmaysan
 Nega kelmaysan, u-u-u…
 
 Ko’zlaringga bir boqsam dod-u ohim bitardi
 Yoningda yon suhbat qilsam ne bo’lardi
 Sirlarimni oshkor etsam qalbim seni topardi
 Seni juda ham sog’indim…
 |