Xo'kiz (sigir) 1913 1925 1937 1949 1961 1973 1985 1997 2009 HO'KIZ (SIGIR) YILI. Bular sabr-toqatli kamgap, ishonchga loyiq, vazmin, imillagan, yaxshi fe'l-atvorli kishilardir. Aksar hollarda sodda qiyofada bo'lishsa-da, aql-zakovat sohibi hamda chuqur mulohaza yurita olish qobiliyatiga ega shaxslardir. Odatda kamgap, biroq ilhom kelganda gapdon bo'lib ketishadi. Ular jismoniy jihatdan baquvvat, hayotning achchiq- chuchugini totishga bardoshli. Turmushlarida oila katta ahamiyat kasb etadi. Bolalarini yaxshi ko'rib, ular bilan faxrlanishadi. Biroq buyruq berishga o'rganganliklari sababli ularga ham tez-tez qo'pollik qilib turishadi. Ho'kiz yilida tug'ilganlar o'z oilasiga baxt-saodat keltiruvchi, haqiqiy mehnatkash kishilardir. Ushbu muchal ayollari xonanishin bo'lib, o'z oilalari uchun juda jon kuydirishadi. Oila ravnaqi uchun uni qattiqqo'llik bilan boshqarib borishadi. Erlarini ko'pincha o'z izmlarida tushirishadi. Ushbu yilda tug'ilgan aksariyat er- xotinlar xushmuomila, sadoqatli, hissiyotli bo'lishi mumkin. Lekin xayolparast bo'lishi mumkin. Keksayganlarida mushkul ahvolga tushib qolishlari mumkin, ammo buni bartaraf eta olishsa qarilik gashtini xotirjam suraveradilar.
Juda togri chiqibdi men ham shu muchalda tugilganman bazida kam gapman lekin tanishlarim va oilam bilan bolganimda kop gapiraveraman togrisi judsyam soddaman kim nima desa ishonaveraman bolalarni yahshi korishim ham togri lekin nervim chiqib ketsa ularga qopol tegib qoyishim ham mumkun hali turmushga chiqmaganman lekin qandey hayot kechirishimni bilmiman togrisi bir nimani organmoqchi bolsam erikaman ishlarni ham chala qilaman bazida ovqatni yahshi qilaman bazida umuman yomon qilaman hayolparastligim ham togri artist bolishni orzu qilaman shuni oylab kop hayol suraman hayol suryatganimda huddi bir qiziq kinoni koryatgandek bolaman yosh bolaga ohshash qiliglarim kop bularni ozgartirishni istayman ammo eplolmiman hullas men shunaqa qizman