Меню
Мега Музыка
Поиск
Oпрос
SUPER HIT-PARAD (10)
Barcha ovozlar: 8868
Фотоалбом
Главная » SMS SHERLAR » Sherlar Olami

SMS Sevgi
SMS Sevgi haqida yozamiz, va izlaymiz, marxamat

Категория: Sherlar Olami | Жойлашган бўлим: ADMIN | Жойлашган бўлим:
| Комментарии: 589 | Рейтинг: 3.2/13
Mavzuga Oid KINOLAR:
Реклама

Всего комментариев: 588« 1 2 ... 11 12 13 14 15 ... 39 40 »
Hijron_n1 O'zga yorga ketding yor bo'lib.Balki kulib, balkim zor bo'lib.Xijronlardan ming bezor bo'lib.Sensiz yashashlikga o'rganib qoldim.

Xayotda bir umr xayolga tolib.Goxi o'tib, goxida qolib.Sevgini lanatlab baxtimdan tonib.Sensiz yashashlikga o'rganib qoldim.

Lekin xotira bor, shudur muammo.Seni eslatadi yulduzlar, samo.Go'zal xotiralar qolgan-u ammo.Sensiz yashashlikga o'rganib qoldim

.Qo'ng'iroq qilmayman raqaming terib.Xat xam yozmading-a sen shuncha sevib.O'zimni baxtsizlik, qo'liga berib.Sensiz yashashlikga o'rganib qoldim.

Yirtilgan surating qayta teraman.Xar kuni tushimda seni ko'raman.Nafratlanib, pinxon sevaman.Sensiz yashashlikga o'rganib qoldim.

Dunyoda xech kimga, ishonmay qo'ydim.Goxi el ichra kulgular bo'ldim.Bazida shirin xayotdan to'ydim.Sensiz yashashlikga o'rganib qoldim.

Yurakka nafratdan saroylar soldim.Goxo bu xayotdan rosayam toldim.O'zimdan emas, men sendan tondim.Sensiz yashashlikga o'rganib qoldim.

Men xanuz sevaman, o'zimni erkam.Axir menga baxtku, yashasang be kam.Ushbu so'zlarimdan ko'zlarimda nam.SENSIZ YASHASHLIKKA O'RGANIB QOLDIM
Whatsapp +998944965756
Hijron
Like | 0
Hijron_n1 "G'urur" dedim sevaman debaytolmadim, "G'urur" dedimsog'insam ham borolmadim,"G'urur" dedim kõzim kulibyig'lolmadim, "Yurak" dedimsevganimga yetolmadim..
Hijron
Like | 0
uktamkhan :o
Like | 0
Qora_Atirgul1994 Ko’nglim ko’z yoshidek tinmaydi yomg’ir,
Quyoshga muhtojman… bilmaydi yomg’ir,
Tomchisi ko’zimga kirar yosh bo’lib,
Dardimga parvo ham qilmaydi yomg’ir…
Shivalab, to’xtamay, yog’ib o’tar u,
Dilimdek, saboni balki kutar u…
Zamin g’uborini yuvib ketar-u,
Qor kabi sochimga inmaydi yomg’ir…
Intiqqan kishilar g’amin yutsa-da,
Tomirda oqsa-da qon emas, zada.
Qalblar obi chashmga to’lib bitsa-da,
Chanqoqdan hech qachon qonmaydi yomg’ir.
Tunlar bedorligim bilarmikin yor?
Yo jonim havotir qilarmikin yor?
O’zining yog’ida o’zi qovrilib,
Yaxshiyam, men kabi yonmaydi yomg’ir.
Noma ilinjida titrar yuragim,
Allohdan o’zimga sabr so’ragum…
Ayvondan ko’z tikib, termulsam-da jim,
Sog’inchim zarra ham olmaydi yomg’ir.

Muallif: Qora Atirgul
whatsap 998944898481
Like | 0
uzboys93 Sog'indim tun kabi qora ko'zlaringni,
Sog'indim asalim yolg'iz o'zingni,
Sog'indim pinhon tutib o'zingdan,
Sog'indim sog'indim degan so'zlaringni!
Like | 0
Qora_Atirgul1994 БАГРИНГ ОЧИБ КУЧАКОЛ ТУПРОК

Ишондим "севгим сиз" дедингиз.
Севгандим сиз битта эдингиз.
Алдандим, ёлгонлар дастидан.
Юракка аламлар солди из.

Дилим кон йиглади шеър битиб.
Мендек зор булганми ер битиб.
Канча зор какшамай пой упиб.
Кетдингиз кулиб, кул силкитиб.

Оллох деб ёлвордим турди жим.
Кунглимга гам макон курди жим.
Буйлари димогим маст этган.
Сочингиз силаркан энди ким.

Бахорим булди ёт, куздаман.
Йигирмада кад эгилди, юздаман.
Бевафо сиз сабаб дарбадар.
Бир Мажнун,манглайи тузда ман.

Хайдалдим, хайдади дилсизим.
Ох ишким суз демас тилсизим.
Сизсизлик сочимнинг оклари.
Юзимга ажинлар минг чизим.

Кайтмайман энди хор булсамда.
Фирокда дардга лим тулсамда.
Йукламанг исмингиз айтмайман.
Согинчдан кон ютиб улсамда.

Тан кийнокда, вужудда титрок.
Кетгим келар дунёдан йирок.
Ёр кучмаган мендек Толибга.
Багринг очиб, кучакол тупрок.

Muallif: Qora Atirgul
22/11/2015
whatsap +998944898481
Like | 0
Hijron_n1 ♥Muxabbat arzon bölsa. Vadalar yolg'on bölsa. Yor guling hazon bölsa. Muxabbat nechun kerak. Sevganing tuwunmasa. Dardingni ololmasa. QADRINGGA yetolmasa. Muxabbat nechun kerak. Sevsangu Sevolmasa. VAFODOR bölolmasa. Sog'insang kelolmasa Muxabbat nechun kerak....
Hijron Armon
Like | 0
Qora_Atirgul1994 Нeчун, жоним, кўзлaрингдa нaм?
Нeчун йиллaр қийнaдинг ўзинг?
Дaрдлaрингни кўрaмиз бaҳaм,
Ҳaқиқaтдaн юммaгин кўзинг.

Қaнчa кутдим гоҳидa чидaб,
Гоҳи сeндaн қилиб aндишa.
Мaжбур бўлдим ўзимни aлдaб,
Яшaб юрдим кулиб ҳaмишa.

Қaлбим-чи, у йиғлaр эди жим,
Қaйғулaрин этмaсди ошкор.
Фaқaт розинг кутди юрaгим,
Қaдaминггa бўлиб интизор.

Кўзлaрингни яширмa мeндaн,
Сўзинг тинглaб, қaрaб тўймaймaн.
Мeникисaн. Энди ҳeч қaчон,
Ҳeч кимсaгa бeриб қўймaймaн.

Muallif: Qora Atirgul
Whatsap 998944898481
Like | 0
Hijron_n1 Yuragingda qoldiraman izlarimni, Sog'inasan senga aytgan so'zlarimni,Ko'z oldingdan ketkazolmay ko'zlarimni, Hali meni juda ham ko'p qidirasan. Xayolingni olib ketibyiroqlarga, Shirin joning qoldiraman qiynoqlarga, Zor yig'laysan javob topmay so'roqlarga, Hali meni juda ham ko'p qidirasan. O'zga yoring yolg'onlari bulib ayon, Ko'z yoshlaring daryodayin oqаr giryon, So'nggi damda hamrohing bular armon, Hali meni juda ham ko'p qidirasan..., Hijron
Like | 0
Hijron_n1 ♥...Deyarli uni har kun esliman... Tun cho'kib, boshim yostiq bilan diydorlashdi deguncha... hayollarimU tomonga yuguradi...Yana o'sha qadrdon xotiralar ko'zda yosh bilan...♥ Hijron
Like | 0
Hijron_n1 AGAR UTSENG QABRIM YONIDAN. QARAGINU BIR NAZAR TASHLA. DASTA GULLAR QULINGDA BUSA. QABIRIM USTIGA BIR DONA TASHLA. AGAR YORING YONINGDA BUSA. KIM UCHN GUL TASHLADING DISA. KUZLARINGNI YUMGINDA AKAJONIM DEB OZINGNI OQLA.. Hijron Qoqon Sittyy
Like | 0
Hijron_n1 __Kimnidur intizorlik bilan Kutasan.__U esa aslida kimlar bilandur xayotdan zavqlanib yurgan bo'ladi.__ Sen Uni deb yig'lagan paytlaringda.__ U esa boshqani ko'zlarini kuldiribyurgan buladi...!!!___Sog'inchni yomon ko'raman ...
Hijron
Like | 0
Qora_Atirgul1994 Borgim kelar yoningga har kun,
Har kun g‘urur to‘sar yo‘limni.
Ko‘zlarimga g‘azab-la boqib,
Borma deya tutar qo‘limni.

Borgim kelar yoningga har kun,
Har kun g‘urur to‘sar yo‘limni.
To‘rt tomonga devorlar bitib,
O‘rab tashlar o‘ng-u so‘limni.

Borgim kelar yoningga har kun,
Har kun g‘urur to‘sar yo‘limni.
Eltar deya tashlayman soyga
Senga uzgan atirgulimni.

Borgim kelar yoningga har kun,
Har kun g‘urur to‘sar yo‘limni.
O‘tkazarman tirik murdadek
Sensiz o‘tgan har bir kunimni.

Borgim kelar yoningga har kun,
Har kun g‘urur to‘sar yo‘limni.
Yashayapman bir ojiz mahkum
Kutayotgan kabi o‘limni...

Borgim kelar yoningga har kun!

Muallif: Qora Atirgul
Whatsap 998944898481
Like | 0
Qora_Atirgul1994 Armon töla sevgi bog'idan,
Poyoni yöq firoq tog'idan,
Ishqdan qolgan yurak dog'idan
Zolimimga salomlar bölsin!

Unutdim deb eslaganim rost,
Iforini qömsaganim rost,
Men shundayin telbaman biroz,
Zolimimga salomlar bölsin!

Köp qiynadi yig'loqi bolish,
Kechalari qiladi nolish,
Aniq böldi aqldan ozish,
Zolimimga salomlar bölsin!

Bedor tunlar haqqi hurmati,
Sog'inchlarim sevgim ummati,
Qayg'uningmas, baxtnin ulfati-
Zolimimga salomlar bölsin!

Muallif: Qora Atirgul
Whatsap 998944898481
Like | 0
Qora_Atirgul1994 Хар кун тушда кураман дея,
Сизга ёлгон айтгим келмайди.
Сизга борим бераман дея,
Сизга умид бергим келмайди.

Пойингизга гулларни тушаб,
Кунглингизни олгим келмайди,
Мен севилиб, севмасдан яшаб,
Сизга умид бергим келмайди.

Ёнингизда парвона булиб,
Узга ошигиз кувгим келмайди,
Ёнингизда ёлгондан кулиб,
Сизга умид бергим келмайди.

Мунчокдайин кора кузизга,
Ёш тулганин кургим келмайди,
Мен ёлгондан кириб калбизга,
Сизга умид бергим келмайди.

Бахт беролмаслигим мен билиб туриб,
Бир таваккал килгим келмайди,
Кора кузизга тик бокиб туриб,
Сизга умид бергим келмайди.

Чинордайин буйларингизни
Камон каби эгким келмайди,
Килиб номарднинг ишини,
Сизга умид бергим келмайди.

Muallif: Qora Atirgul
Whatsap 998944898481
Like | 0
1-15 16-30 ... 151-165 166-180 181-195 196-210 211-225 ... 571-585 586-588
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:27
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новости сайта



Дополнителное меню
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное